14:35 24 Oktyabr 2017
Efir
Zasedaniye soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv – uchastnikov SNG v Sochi

Oʻzbekiston va Turkmaniston MDH hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi

© Sputnik/ Nina Zotina
Dunyoda
Havola olish
351 0 0

MDH ijroiya qoʻmitasi rahbari Sergey Lebedev MDH TIVK kengashi yakunida Oʻzbekiston va Turkmaniston MID rahbarlari bayonotidan qoniqqanini xabar qildi.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi hayotida yanada faol ishtirok etish istagini bildirishdi, dedi MDH ijroiya qoʻmitasi rahbari Sergey Lebedev Sochida boʻlib oʻtgan majlis yakunida.

“Oʻzbekiston va Turkmaniston vazirlari tomonidan eʼlon qilingan bayonotlardan qoniqqanimni yashira olmayman. Ular MDH hayotida faolroq ishtirok etish istagini bildirishdi. Men ijroiya qoʻmita raisi sifatida ushbu ikki mamlakatning MDH iqtisodiy kengashi faoliyati ishtirok eta boshlaganini qayd etmoqchiman”, — dedi Lebedev.

Undan tashqari Lebedev Turkmaniston kelasi yilda MDH raisligiga sherik boʻlishga tayyorligini bildirdi.

“Navbat boʻyicha kelasi yilda MDH ijroiya qoʻmitasida Tojikiston raislik qiladi. Rossiya va Turkmaniston rais yordamchilari boʻladi. Kengash ishtirokchilari ushbu qarorni qoʻllab-quvvatlashdi”, — deb qoʻshimcha qildi Sergey  Lebedev.

Asosiy mavzular