03:41 15 Dekabr 2017
Efir
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turkmenii G. Berdыmuxamedovыm

Putinga turkman boʻribosar itini sovgʻa qilishdi

© Sputnik/ Aleksey Drujinin
Dunyoda
Havola olish
108820

Turkmaniston prezidenti Gurbangulы Berdыmuxamedov Vladimir Putinga "Sodiq" laqabli alabay iti bolasini sovgʻa qildi

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Sochida boʻlib oʻtayotgan MDH sammitida Turkmaniston prezidenti Gurbangulы Berdыmuxamedov Vladimir Putinga alabay iti bolasini sovgʻa qildi, Kreml matbuot xizmati xabariga asosan.

Vladimir Putin Turkmaniston prezidentiga Rossiyaga taklifiga binoan MDH sammitida ishtirok etish uchun yetib kelishlari munosabati bilan minnatdorlik bildirdi. Shu bilan birga Rossiya prezidenti Turkmanistonda rus tiliga koʻrsatilayotgan eʼtibor va oʻzaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Berdыmuxamedov, oʻz navbatida Vladimir Putinga minnatdorlik bildirib, yaqinda boʻlib oʻtgan ism toʻyi bilan tabrikladi va Rossiya prezidentiga mustahkam sogʻliq, muvaffaqiyat tiladi.

“Siz nafaqat oʻz mamlakatingizda, balkim butun dunyoda ekologiya masalalariga juda katta eʼtibor berayapsiz. Bizning bir doʻstimiz bor – Siz uni bilasiz, bu alabay iti. Bugun men oʻzim bilan kichik alabay olib keldim. Uning ismi Vepalы, tarjimada – Sodiq, degani Umid qilamanki u sizga yoqadi. Bizni bu itlarimiz juda baquvvat boʻladi.”, — dedi Turkmaniston prezidenti.

Putin “Bundan xabarim bor”, — deb kuldi va it bolasini qoʻliga koʻtarib olib OAV xodimlariga namoyish qildi.

“Lekin asosiysi, bu it juda sodiq”, — dedi Berdыmuxamedov.

Asosiy mavzular