23:40 18 Dekabr 2017
Efir
Golosovaniye

Qaysi mamlakat oʻzga mamlakatlar sayloviga koʻproq aralashadi?

© Foto: Saeimas Preses dienests
Dunyoda
Havola olish
555 0 0

Yevropa aholisi oʻzga mamlakatlar saylovlariga Rossiya emas AQSH aralashadi deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Soʻrov natijalariga koʻra, yevropaliklarning aksariyati — boshqa mamlakatlar sayloviga AQSH taʼsir koʻrsatadi, Rossiya emas, deb hisoblar ekan.

Ushbu fikrni Frantsiya aholisining 43%, nemislarning 41 % va angliyaliklarning 33 % qoʻllab-quvvatlashdi.

Qaysi mamlakat oʻzga mamlakatlar sayloviga aralashadi?
© Sputnik/
Qaysi mamlakat oʻzga mamlakatlar sayloviga aralashadi?

Rossiya saylovga aralashadi, deb hisoblaydiganlar soni esa Polshada 29%, Germaniyada 28% va Frantsiyada 27 %ni tashkil qildi. Buyuk Britaniyada  esa shunday fikrda boʻlganlar soni 21%ni tashkil qildi.

Buyuk Britaniyada oʻzga mamlakat saylovlariga Yevropa Ittifoqi aralashadi — deb hisoblaydiganlar soni 18%ni tashkil qilar ekan. Frantsiyada esa ushbu koʻrsatgich 8%ni, Germaniyada — 10% va Polshada — 12% tashkil qildi.

Qizigʻi shundaki, soʻrov oʻtkazilgan barcha mamlakatlarda oʻzga mamlakatlar saylov jarayoniga aynan AQSH taʼsir koʻrsatmoqda deb hisoblaydiganlar soni aksariyat 35 yoshdan yosh boʻlgan oliy maʼlumotli fuqarolardir. Germaniya va Polshada shunday deb hisoblaydigan yoshlar soni 55 va 51 foizni tashkil qildi. Oliy maʼlumotlilar orasida esa 53 % polyaklar, 47 % nemislar, 46 % franzuzlar va 34 britaniyaliklar shunday deb hisoblaydi.

Soʻrov Ifop kompaniyasi tomonidan 2017 yilning 20-27 sentbyar kunlari  Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Polshada oʻtkazilgan. “Agar siyosiy va iqtisodiy taʼsir va maxsus xizmatlar imkoniyati hisobga olinsa, sizningcha, qaysi mamlakat boshqa mamlakatlar saylov jarayoniga aralashmoqda?” degan savolga 3228 nafar respondentlar javob bergan. Soʻrovda 18 yoshdan katta boʻlgan aholi ishtirok etgan. Soʻrovning maksimal xatolik ehtimoli +/- 3,1%, ishonchlilik ehtimoli 95%.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi boʻlib, dunyoning oʻnlab mamlakatlarida oʻzining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik oʻz ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Sputnik.Mneniya oʻtkazgan boshqa soʻrov natijalari bilan quyida tanishing: http://sputniknews.com/trend/sputnik_polls_2016/

Asosiy mavzular