14:51 23 Oktyabr 2017
Efir
Yujnыy bereg Krыma. Buxta Laspi

Pxenyanda Qrim Rossiya tarkibiga kiritilgan jahon xaritasi chop etildi

© Sputnik/ Vasiliy Batanov
Dunyoda
Havola olish
313 0 0

"BMTda oʻtkazilgan ovoz berish jarayonida KXDR ushbu masala yuzasidan oʻz pozitsiyasini rasman belgiladi. KXDR Qrim Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismi ekanligini tan oladi", - deyiladi xabarda

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Shimoliy Koreyaning "Ilmiy entsiklopediya" nashriyoti yangi jahon xaritasini chop etdi. Xaritada Qrim Rossiya hududi sifatida belgilangan. Bu haqda KXDRning Rossiyadagi elchixonasi oʻzining Facebookdagi sahifasida xabar bergan.

Rossiyalik diplomatlar bu borada izoh olish uchun KXDR TIVga murojaat etishganlarida vazirlik Pxenyan Qrimda oʻtkazilgan referendum natijalarini hurmat qilishini maʼlum qilgan. Shimoliy Koreya Tashqi ishlar mahkamasi qrimliklar xohish-irodasini ifoda etgan referendum natijalarini legitim va halqaro-huquq normalariga toʻliq javob beradi deya qayd etishgan.

"BMTda oʻtkazilgan ovoz berish jarayonida KXDR ushbu masala yuzasidan oʻz pozitsiyasini rasman belgiladi. KXDR Qrim Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismi ekanligini tan oladi", — deyiladi xabarda.

Ukrainada boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng 2014 yilning mart oyida oʻtkazilgan referendum natijalariga koʻra, Qrim Rossiya tarkibiga kiritilgan. Referendum davomida ovoz beruvchilarning 95%i yarimorol Rossiya tarkibiga kiritilishi uchun ovoz berishgan.

Ukraina yarimorolni avvalgidek oʻziniki, ammo vaqtincha "okkupatsiya qilingan hudud" deb hisoblab kelmoqda.

Asosiy mavzular