Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi o‘z OAVlariga ishonmaydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ommaviy axborot vositalariga ishonmaydiganlar asosan Donald Tramp tarafdorlari va respublikachilar orasida ko‘proq (78%) ekan. Demokratlarning esa qariyib yarmi OAVlarga ishonar ekan

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Amerika aholisining katta qismi o‘z telekanal va nashrlariga ishonmaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik.Mneniya statistika ma’lumotlariga asosan.

Amerikaning ommaviy OAVlari dunyo va ichki yangiliklarni qanday yoritadi — degan  savolga AQSh fuqarolarining 59 %i OAVlar o‘z fikrini emas yirik biznes va siyosatchilar fikrini yoritadi deb javob berdi. 2015-yilga nisbatan shunday fikrda bo‘lganlar soni 6%ga oshgan. AQSh OAVlari xolisona ishlaydi deb hisoblaydiganlar soni 27 %ni tashkil qildi.

Ommaviy axborot vositalariga ishonmaydiganlar asosan Donald Tramp tarafdorlari va respublikachilar orasida ko‘proq (78%) ekan. Demokratlarning esa  qariyib yarmi OAVlarga ishonar ekan.

Golosovanie - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi mamlakat o‘zga mamlakatlar sayloviga ko‘proq aralashadi?

OAVlar xolisona faoliyat yuritadi deydiganlar asosan AQShning g‘arbiy shtatlarida yashovchi oliy ma’lumotli fuqarolar bo‘lib chiqdi. Shuningdek OAVga ishonuvchilar katoliklar orasida ko‘proq ekan. Protestantlar va ateistlar orasida mahalliy OAVlar  xolisligiga ishonadiganlar soni nisbatan kam ekan.

Daromadi o‘rta yoki undan ko‘proq bo‘lganlar OAVlar xolisligiga kamroq ishonishar, daromadi yuqori bo‘lganlar esa — OAVlarni xolis faoliyat yuritadi deb hisoblashar ekan.

Ushbu so‘rov Ifop kompaniyasi tomonidan 2017-yilning 20-27 sentabr kunlari o‘tkazildi. So‘rovda 802 nafar 18 yoshdan katta  respondentlar ishtirok etdi. 2015-yilda so‘rov ICM Research kompaniyasi tomonidan 1-4 may kunlari o‘tkazilgan. So‘rovda 2047 kishi ishtirok etgan. Ikkala so‘rovda ham so‘ralganlarning yoshi, jinsi va turar joyi aniqlangan. So‘rov xatolik ehtimoli +/- 3,1 %ni, ishonchlilik ehtimoli — 95%ni tashkil qildi.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi.

Yangiliklar lentasi
0