06:54 24 Noyabr 2017
Efir
ZRS S-400 Triumf

Putin Oʻzbekiston bilan qurol-yarogʻ shartnomasiga doir muzokaralar oʻtkazishni topshirdi

© Sputnik/ Mixail Voskresenskiy
Dunyoda
Havola olish
741 0 0

Rossiya prezidenti hukumatga Oʻzbekistonga yetkizib berilgan qurol-yarogʻdan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni nazorat qilib turuvchi shartnoma imzolashni topshirdi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Vladimir Putin Rossiya hukumatiga Oʻzbekiston bilan  yetkizib berilgan harbiy mahsulotlardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni nazorat qilib turuvchi shartnoma borasida muzokaralar oʻtkazishni topshirdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi bilan, 2016 yilning 29 noyabrida imzolangan shartnoma asosida, yetkizib berilgan harbiy mahsulotlardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va ularningmavjudligini nazorat qilib turish haqida shartnoma imzolash borasida Hukumat taklifi qabul qilinsin”, — deyilgan huquqiy hujjatlar rasmiy portalda eʼlon qilingan buyruqda.

Eslatib oʻtamiz, bunday shartnomalar xalqaro tajribada odatiy hol boʻlib, u bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga yetkizib berilgan qurol-yarogʻ va harbiy mahsulotlar, uchinchi tomonlar qoʻliga tushib qolmasligini nazorat qiladi.  

 

Asosiy mavzular