06:53 24 Noyabr 2017
Efir
Velosipediska ryadom s kortejem prezidenta SSHA Donalda Trampa v Sterlinge, Virginiya. 28 oktyabrya 2017

AQShda Tramp kortejiga oʻrta barmogʻini koʻrsatgan ayol ishdan haydaldi

Brendan Smialowski / AFP
Dunyoda
Havola olish
830 0 0

Briksmen faoliyat yuritgan kompaniya davlat buyurtmalarini bajargan, demakki, ushbu surat biznesga ham ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan.

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp kortejiga oʻrta barmogʻini koʻrsatgan amerikalik ayol ish joyidan mahrum boʻldi, deb xabar qilmoqda Huffington Post.

Ilgariroq Oq uy fotosuratchisi Tramp kortejiga behayo ishorani koʻrsatgan velosipedchi ayolni suratda muhrlagan edi. Sal keyin bu surat ijtimoiy tarmoqlarda hamda ommaviy axborot vositalarida tarqalib ketadi.

Internet foydalanuvchilari orasida amerikalik ayolning bu harakatini haqiqiy "qahramonlik" deya baholaganlar ham topildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, rahbariyat 50 yashar Juli Briksmenni suhbatga chaqirtirib, Amerika prezidenti kortejiga qaratilgan behayo qiliq aks etgan fotosuratlarini Twitter va Facebookga joylagan bu ayolga, u ijtimoiy tarmoqlar boʻyicha kompaniya siyosatini buzganligini maʼlum qilgan.

Briksmen faoliyat yuritgan kompaniya davlat buyurtmalarini bajargan, demakki, ushbu surat biznesga ham ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan.

Asosiy mavzular