06:55 24 Noyabr 2017
Efir
Dobыcha zolota

Qoʻshni Qozogʻistonda "oltin kon" qurib olgan shaxs qoʻlga olindi

© Sputnik/ Igor Ageyenko
Dunyoda
Havola olish
1168 0 0

Qozogʻiston Respublikasi Stepnogorsk shahrida yashovchi shaxs oltinni noqonuniy qazib olish va qayta ishlash bilan shugʻullangan. Fuqaro tomonidan qurilgan yashirin tsexdan 13 qop oltin ruda aniqlangan

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Qozogʻistonning Akmolin viloyati Stepnogorsk shahrida yashovchi fuqaro tarkibida oltin mavjud rudani qayta ishlovchi yashirin tsexni tashkillashtirgan, deb xabar berdi Qozogʻiston Ichki ishlar departamenti matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 6 noyabr kuni uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Zavodskaya posyolkasida tarkibida oltin mavjud materiallarni qayta ishlovchi noqonuniy tsex aniqlangan.

Tekshiruv ishlari davomida tsexdan maydalash mashinasi, oltin yuvadigan stol, umumiy ogʻirligi 400 killogrammni tashkil qiluvchi 13 qop oltin ruda aniqlangan.

Politsiya noqonuniy yashirin tsex kim tomonidan tashkillashtirilganini aniqlagan. U Stepnogorskda yashovchi 1970 yilda tugʻilgan shaxs boʻlib chiqqan. Uning yonidan 10 gramm shlixtalangan oltin topilgan.

Fuqaro ustidan "Yer boyliklaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish" moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular