16:47 21 Noyabr 2017
Efir
Flag SSHA na fone goroda

Grin-karta haqidagi "Amerikancha orzu"ni terrorchi Soipov pikapda bosib oʻtdi

© AFP / LOIC VENANCE
Dunyoda
Havola olish
Arman Vaneskegyan
246142

Grin-karta orzusi sabablari va roʻyobga chiqarish yoʻllari haqida armanistonlik ekspert Arman Vaneskegyan oʻz fikrlarini bayon qildi

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik, Arman Vaneskegyan. Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida grin-kartaga eng koʻp buyurtmalar bergan mamlakat — bu Oʻzbekiston ekan. "Zoriqib kutilgan orzu"ning sabablari va roʻyobga chiqarish yoʻllari haqida ekspert Arman Vaneskegyan fikrini eʼtiboringizga havola qilamiz.

31 oktyabr kuni Nyu-Yorkda terrorchilik aktini sodir etgan oʻsha muhojirdan Armaniston xalqi qanchalik nafratlanayotganini tasavvur qilib koʻring-a. Nega deganda aynan shu tufayli bugun AQSH prezidenti Donald Tramp Amerikaga koʻchib oʻtmoqchi boʻlgan muhojirlarni tanlash dasturini murakkablashtirish boʻyicha topshiriq berdi.

Teraktlarga baribir koʻnika olishmadi

Yoʻq, Oʻzbekistonlik Sayfullo Soipovdan birgina armaniston xalqi emas, balki dunyo aholisi nafratlanadi. Buning sabablari bor, albatta: Soipov oʻz pikapini Manxettendagi velosiped yuradigan yoʻlakka burib, katta tezlikda haydashi natijasida 8 kishi halok boʻldi va 15 kishi jarohatlandi — bu gʻazablanish uchun yetarli bahona, deb oʻylayman.

Armanistonda ham koʻpchilik insonlar shu kecha televizor qarshisiga "mixlanib" Amerikadagi fojia qanday yechim topishini kuzatib bordilar. Biz har ne boʻlganda ham — insonlar oʻlimiga olib keluvchi — terakt singari holatga koʻnika olmadik. Ayniqsa, gap aynan Amerika haqida boradigan boʻlsa, deb yozadi Sputnik Armaniston.

Axir AQShda yaqin yoki uzoq qarindoshlari, tanish-bilishlari, doʻstlari boʻlmagan insonni Armanistonda topish qiyin… Qoʻshma Shtatlardagi Armaniston diasporasi son jihatdan eng yirik deb hisoblanadigan Rossiya diasporasidan keyingi oʻrinda turishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Har ikkalasida 2 yarim milliondan ziyod kishi mavjud.

Ammo hozir gap bu haqdamas. Gap shundaki, mahalliy OAVlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, Armanistonda "amerikancha orzu" bilan yashaydigan aholi son jihatdan nihoyatda koʻpligini koʻrsatdi. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, ushbu orzuni roʻyobga chiqarishga yordam beradigan — grin-karta yutish orzusi bilan yashaydiganlar juda koʻp ekan.

Aynan shu orzuni — grin-karta tufayli AQShga kelib qolgan, kelib chiqishi oʻzbekistondan boʻlgan amerikalik — terrorchi Sayfullo Soipov oʻz yuk mashinasida bosib oʻtdi. Terrorchilik aktidan soʻng Tramp muhojirlar tanlovini murakkablashtirish haqida topshiriq bergan edi. Bu esa endilikda AQShga ketish boʻyicha qulay imkoniyatlar yanada kamayadi degani.

Ekspertlar firkriga koʻra, oldinlari yashil karta 240 kishidan bittasiga berilgan boʻlsa, endilikda ushbu raqamga maʼlum tuzatishlar kiritilishi turgan gap. 

Grin-karta: Oʻzbekistonliklar birinchi oʻrinda

Jinoyatchi Sayfullo Soipovni chetga qoʻya turaylik (u oʻz qilmishiga yarasha jazo oladi, degan umiddamiz). Maʼlum boʻlishicha, sobiq ittifoq mamlakatlari orasida Oʻzbekiston grin-kartaga eng koʻp ariza tashlaydigan davlat ekan (keyingi oʻrinda Ukraina turadi). Yana qoʻshimcha tarzda aytishim mumkinki, bu holatdan xabardor odamlarning soʻzlariga koʻra, Samarqand aholisining sal kam 90 foizi har yili grin-karta anketasini toʻldiradi.

Endi esa Armanistonga qaytamiz. Mintaqadagi mamlakatlar oʻrtasida ushbu "kard"larga eng koʻp buyurtma beradigan Armaniston ekan. Ha, aholisi 3 baravar koʻp boʻlgan Gruziya va Ozarbayjondan koʻra Armaniston grin kartaga koʻp buyurtma berar ekan. Raqamlarga keladigan boʻlsak, 2014 yilda Armanistonda 2000 kishi, Gruziyada atigi 803 kishi, Ozarbayjonda 405 kishi ushbu karta sohibi boʻlgan.

Kelgusi yilda buyurtmalar soni barcha mamlakatlarda ortib bordi. Armanistonda esa bu koʻrsatkich — hammadan koʻp — 5 baravar ortib ketdi. Armanistonda 56 ming kishi anketalar toʻldirdi. Ozarbayjonda bu raqam 2 baravar kamroqni tashkil qildi. Demak, Armanistonda Ozarbayjonga nisbatan Amerikaga ketmoqchi boʻlganlar soni 6 baravar ortiqmi? Ha, shunday ekan…

Ushbu holatning yuzaga kelishi bir nechta omillarga borib taqaladi: mamlakat aholisining turmush tarzi, yashash shart-sharoitlari, munosib ishning yoʻqligi, Amerikada qarindosh va yaqinlar borligi.

Kichik ishbilarmonlik uchun "munosib" biznes

Lekin yana bir omil bor. Negadir unga hech kim uncha katta eʼtibor bermayapti. Ammo bu omil juda muhim hisoblanadi. Armanistonda grin-karta uchun buyurtma berish jiddiy biznesga aylangan. Ayniqsa, Yerevan markazida joylashgan koʻplab ofis va tashkilotlarda grin-kartalar boʻyicha buyurtmani rasmiylashtirish borasida koʻmak berilishi toʻgʻrisida koʻplab eʼlonlarni uchratish mumkin.

Ushbu xizmat narxi atigi 15-20 ming dram atrofida. Koʻp odamlar bunga qiziqib, pul sarflashmoqda. Qogʻozlarni toʻldirib, imzolashmoqda. Ayrimlar bu jarayonga oʻta jiddiy yondashadi. Toʻldirilgan anketa tashlab yuborilmasligi va keyingi yilda oʻz navbatini kutishi haqida bir necha marta rasmiy ravishda ogohlantirilishiga qaramasdan, ayrim odamlar har yili anketani qayta-qayta toʻldirib, joʻnatishadi.

Bundan tashqari, anketalarni toʻldirish bepul tarzda amalga oshirilishi haqida bir necha marta aytilgan.

Mustaqil ravishda anketa fayllarini yuklab olib, uning tegishli bandlarini toʻldirib, yuborish mumkin. Hamma narsa tushunarli, barcha savollar bandma-band keltirib oʻtilgan.

Ammo bu borada biznes gullab-yashnamoqda

Ishbilarmonlar oʻz mijozlariga ushbu xizmat AQSH elchixonasi tomonidan bepul tarzda internet manzil orqali amalga oshirilishini aytmaydi.

Nyu-York shahri
© Sputnik/ Natalya Seliverstova

Lekin odamlarimiz "toʻlamasang — bormaysan" degan matalga amal qilgan holda ish tutishadi. Bu idorada ishlaydigan xodimlarning ayrim nozik siri bor, ular tomonidan yuborilgan anketa koʻproq imkoniyatga ega boʻladi, deb oʻylaydilar…

Bilmadim, men aminmanki, bu biznes kelgusida ham rivojlanib boradi. Yildan-yilga anketa toʻldirmoqchi boʻlgan odamlar soni koʻpayib boradi. Lekin bu biznes qonuniymikan? Bilmadim, lekin uning qonuniyligiga shubha bor.

Asosiy mavzular