06:55 24 Noyabr 2017
Efir
Novorojdennыy

OAV: yadroviy sinovlardan keyin Shimoliy Koreyada mutant-bolalar tugʻilmoqda

JOEL SAGET / AFP
Dunyoda
Havola olish
593 0 0

Shimoliy Koreya hukumati boʻladigan sinovlar haqida mahalliy aholini xabardor qilmaydi, shu bois ularda yashirinishga imkon yoʻq

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Pangiri yadroviy poligonda oʻtkazilgan sinovlardan soʻng Shimoliy Koreyadagi turli qusurlarga ega bolalar dunyoga kela boshladilar. KXDR dan qochib oʻtgan fuqarolar bu haqda Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo nashriga gapirib berishdi.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, Pangiri poligoni yer ostida oʻtkazilgan oltita yadroviy sinovlardan soʻng choʻlga aylangan. Oʻsha hududdan boʻlgan qochqinlar ekinzorlarning sakson foizi qovjirab qolgani, buloqlar qurigani, daryolardan baliqlar yoʻqolib qolgani, mahalliy aholining bolalari esa mutatsiyalar bilan tugʻila boshlagani haqida soʻzlab berishdi.

"Kilju (Pangiri poligoni joylashgan uyezd, tahr)da yashaydigan qarindoshimdan kasalxonalarda mutant-bolalar tugʻilayotgani haqida eshitib qoldim", — deb aytgan Shimoliy Koreyadan kelgan qochqinlardan biri.

Yana bir qochqin esa radiatsiya yer osti suvlariga ham taʼsir koʻrsatgani haqida xabar bergan.

Seul yadro texnikasi milliy universiteti professori Sux Kyun-ryulning izoh berishicha, yer qatlamida sinovlar tufayli hosil boʻlgan yoriqlar natijasida suvlarning ifloslanishi singari holatlar yuzaga kelgan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, odamlarni sinovlar haqida umuman ogohlantirishmaydi.

"2006 yilning oktyabrida amalga oshirilgan birinchi va 2009 yilning may oyidagi ikkinchi  yadroviy sinovlar vaqtida ham faqatgina harbiy xizmatchilar oilalari evakuatsiya qilingan edi. Ular yerosti shaxtalarida yashirinishdi. Odatda odamlar sinovlar haqida hech narsa bilmasdilar", — deb hikoya qiladi 2010 yilda KXDRdan qochgan erkaklardan biri.

Pangiri aholisi yadro poligonini qoʻriqlaydigan askarlar va obʼyekt bilan bogʻliq plantatsiyaga ishlov beradigan bir nechta fermerlardan iborat.

"Ikkita yadro sinovi oldidan detonatorlar sinovi amalga oshirilgan edi. Mahalliy aholi detonatorlarni qazish uchun ishga chiqarilgandi. Shaxsan men oʻshanda daryolardan oyoq-qoʻllari uzilgan murdalarning oqib oʻtayotganini koʻrganman", — dedi oʻz hikoyasida qochqinlardan biri.

Asosiy mavzular