06:55 24 Noyabr 2017
Efir
Mardan Palas

Turkiyada Telman Ismailov qurgan 7 yulduzli mehmonxona talon-taroj qilinmoqda

© otzyv.ru
Dunyoda
Havola olish
253306

Bir vaqtlar Turkiyada eng hashamatli, eng qimmat deb tan olingan mehmonxona - bugun talon-taroj boʻlmoqda. Oʻgʻrilar oltin suvi yuritilgan temir panjara va boshqa bezaklarni olib ketmoqda.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Nomaʼlum shaxslar tungi vaqtda rossiyalik tadbirkor Telman Ismailov qurgan 7 yulduzli Maran Palace mehmonxonasining qimmatbaho bezaklarini oʻgʻirlab ketmoqda, deb xabar qildi turkiyaning Milliyet gazetasi.

Moskvaning eng katta kiyim-bosh bozori direktori Telman Ismailov tomonidan qurilgan  Mardan Palace mehmonxonasi oʻta hashamatli edi. Uni qurish uchun tadbirkor 1,4 mlrd  dollar sarflagan.

Antaliyada 2009 yilning boshida boʻlib oʻtgan mehmonxona ochilish marosimida Qozogʻiston prezidenti Nursultan Nazarbayev, Akterlar Richard Gir, Sheron Stoun, Monika Beluchchi  va boshqa mashhur kishilar ishtirok etgan edi.

1 / 4
Mardan Palace

Mehmonxona qurib bitkazilganidan soʻng biznesmen moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va mehmonxonani 130 mln dollarga Turkiyaning Halkbankiga sotishga majbur boʻladi.

Bir necha kun oldin Maran Palace qarzlari uchun elektr taʼminotidan uzilgan va signalizatsiya oʻchirilgan, ishchilar uni tark etgan. Bundan foydalangan oʻgʻrilar tungi vaqtda u yerga kirib mehmonxonaning qimmatbaho bezaklarini oʻgʻirlab ketmoqda. Xususan, oltin suvi yuritilgan temir panjaralar va bogʻda bezak uchun ishlatilgan haykalchalar oʻgʻirlab ketilgan, deyilgan xabarda. 

Asosiy mavzular