06:56 24 Noyabr 2017
Efir
Rabotnik dorojnogo xozyaystva ukladыvayet novыy asfalt

Moskva viloyatida mehnat migrantlariga 18 mln rubl oylik toʻlanmadi

© Sputnik/ Aleksey Malgavko
Dunyoda
Havola olish
397 0 0

Rossiya Tergov qoʻmitasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatib tekshiruv olib bormoqda.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Moskva viloyatida joylashgan asfalt va bitum qorishmalari ishlab chiqaruvchi “Asfalt” Aktsiyadorlik jamiyati ishchi migrantlardan 18 mln rubl qarzdor boʻldi.

Ushbu ish yuzasidan Rossiya Tergov Qoʻmitasi JKning 145.1 bandining 2 boʻlimiga muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra, ayni damda ushbu ishda jinoyatni tasdiqlovchi dalillar aniqlanmoqda.

Esaltib oʻtamiz, 2017 yilning fevral oyida Moskva shahrida ham shunga oʻxshash vaziyat yuz bergan edi. Oʻshanda Moskvada Solntsevskaya metro yoʻnalishi qurilishida ishlagan 600ga yaqin chet el fuqarolari oyliksiz va turar joysiz qolgan edi. Ularning aksariyati Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari boʻlib Rossiyada qonuniy tartibda yashab mehnat qilgan.

 

Asosiy mavzular