06:54 24 Noyabr 2017
Efir
Vstrecha spasennыx v Sirii rossiyskix detey v aeroportu Groznogo

Suriyada qutqarilgan ayollar va bolalar Chechenistongan olib kelindi

© Sputnik/ Said Tsarnayev
Dunyoda
Havola olish
30521

Suriyadan qutqarilgan 40 nafar ayollar va bolalar Groznыy shahriga olib kelindi. Ular orasida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ham bor.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Maxsus tashkil qilingan aviaqatnov yordamida Suriyadan Groznыy shahriga 41 nafar MDH fuqarolari olib kelindi. Ular orasida 12 nafar ayollar va 29 nafar bolalar bor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Olib kelinganlarning besh nafari Qozogʻiston fuqarosi, ikki nafari – Oʻzbekiston, qolganlari Rossiyaning Checheniston, Dogʻiston va Boshqirdiston oʻlkalaridan.

Tibbiyot xodimlari talabiga koʻra, olib kelingan fuqarolar dastlab jiddiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va shundan soʻng qarindoshlari bilan uchrashishga ruxsat berildi. Bunday qilishga sabab oldingi guruhda olib kelinganlar orasida bir necha kishi sil kasaliga chalinganligi aniqlangan.

Bu Suriyadan Chechenistonga olib kelingan ikkinchi guruh boʻldi. 21 oktyabr kuni Suriyaning Xmeymim aerodromdan Groznыy shahriga 22 kishi: 7 nafar ayol va 14 bola olib kelingan edi.

Checheniston hukumati portalida xabar berilishiga koʻra, ushbu yilning avgust oyidan boshlab Suriyadan va Yaqin Sharqning boshqa qaynoq nuqtalaridan 90 nafar ayollar va bolalar olib kelingan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Havo-kosmik kuchlari yordamida olib borilgan harbiy operatsiya natijasida Suriyaning barcha hududlarida tinchlik oʻrnatildi. Islomiy davlatning eng soʻnggi himoya punkti boʻlgan Abu-Kemal shahri ham 8 noyabr kuni terrorchilardan ozod qilindi. Ozod qilingan shaharlarda minglab aholi tinch hayotga qaytmoqda. Undan tashqari yuzlab Yevropa, MDH va boshqa davlatdan kelgan ayollar va bolalar topilmoqda va ular imkon qadar oʻz vatanlariga qaytarilmoqda.

Asosiy mavzular