16:47 21 Noyabr 2017
Efir
Obщiy vid na Parij

Qozogʻiston hukumati vakili 65 mln yevroga xonadon sotib oldi

AFP / FRANCOIS GUILLOT
Dunyoda
Havola olish
608 0 0

Qozogʻiston hukumati vakili Parijda beshta yotoqxonasi, SPA-hududi va maxsus bombapanohi boʻlgan uy sotib oldi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Qozogʻiston hukumati vakili Parijda 65 million yevroga (25 milliard tenge) umumlashgan apartamentlarni sotib oldi, deb xabar berdi Mansion Global koʻchmas mulk agentligi sayti.

Agentlikning bergan maʼlumotiga koʻra, yuqori darajadagi xavfsizlik bilan taʼminlangan koʻchmas mulkning maydoni 1200 kvadrat metrni tashkil etadi. Xonadonda beshta yotoqxona, beshta vannaxona, SPA-hudud va xizmatchilar xonalari bor. Shuningdek, uning ichida maydoni 55 kvadrat metrli bombapanoh boʻlib, oʻq oʻtmaydigan oynalar oʻrnatilgan.

Xonadon sotuvi belgiyalik rieltor Ignas Myuvissen tomonidan amalga oshirildi, deb yozadi Sputnik Qozogʻiston. Saytning yozishicha, uning Moskvadagi koʻchmas mulk agentligi sobiq sovet respublikalaridagi xaridor va sotuvchilarga xizmat koʻrsatadi.

Mansion Global bilan suhbatda ushbu koʻchmas mulkni sotgan shaxs Rossiya investitsiya kompaniyasi rahbari ekanligini aytdi. U binodagi oltita xonadonni birlashtirib yagona xonadonga aylantirgan.

Hashamatli xonadon Yelisey maydoni yaqinidagi koʻchada joylashgan. Uning derazasidan bir tun yotish 20 ming dollar turadigan tarixiy Plaza Athénée mehmonxonasi koʻrinib turadi.

Myuvissen xaridorning Qozogʻiston hukumati vakili ekanligini maʼlum qildi, lekin uning kimligini aytmadi. Uning aytishicha, ushbu xarid 2017 yilda Parijdagi eng yirik xarid boʻlgan.

Asosiy mavzular