16:56 21 Noyabr 2017
Efir
Kukla Barbi v xidjabe

Barbie ishlab chiqaruvchilari hijobdagi ilk qoʻgʻirchoqni taqdim etishdi

© Instagram
Dunyoda
Havola olish
209 0 0

Ibtihojdan andaza olingan holda yaratilgan qoʻgʻirchoq qoʻlida qilich ushlab turibdi, uning kiyimi esa Muhammadning qilichbozlik musobaqalaridagi kostyumini takrorlaydi. Qoʻgʻirchoq 2018 yilda sotuvga chiqadi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Amerikanning Mattel kompaniyasi hijob taqqan ilk Barbie qoʻgʻirchogʻi taqdimotini oʻtkazdi. Qoʻgʻirchoqni yaratishda qilichboz-ayol Ibtixoj Muhammaddan andaza koʻchirildi.

"Biz Ibtixoj Muhammadni Barbie qoʻgʻirchoqlari orasida koʻrishdan judayam xursandmiz! Ibtixoj butun dunyo boʻylab ayollar va qizlarni toʻsiqlarni yengib oʻtishga ilhomlantiradi", — deyiladi kompaniyaning Twitterdagi sahifasida.

We are so excited to honor @IbtihajMuhammad with a one-of-a-kind #Barbie doll! Ibtihaj continues to inspire women and girls everywhere to break boundaries. #Shero #YouCanBeAnything #GlamourWOTY pic.twitter.com/oV0e6ClgL6

​2014 yilning qilichbozlik boʻyicha jahon chempioni Ibtihoj Muhammad Olimpiya oʻyinlarida hijobda namoyon boʻlgan birinchi amerikalik sportchi.

Ibtihojdan andaza olingan holda yaratilgan qoʻgʻirchoq qoʻlida qilich ushlab turibdi, uning kiyimi esa Muhammadning qilichbozlik musobaqalaridagi kostyumini takrorlaydi. Qoʻgʻirchoq 2018 yilda sotuvga chiqadi.

Thank you @Mattel for announcing me as the newest member of the @Barbie #Shero family! I’m proud to know that little girls everywhere can now play with a Barbie who chooses to wear hijab! This is a childhood dream come true 😭💘 #shero pic.twitter.com/py7nbtb2KD

​"Qizlarning hijob kiygan Barbie oʻynash imkoniga ega boʻlganlaridan juda faxrlanaman! Bolalikdagi orzuim amalga oshdi", — deydi Ibtihoj oʻzining Twitterdagi sahifasida.

Mattel kompaniyasi 1959 yildan buyon Barbie qoʻgʻirchoqlarini ishlab chiqaradi. Bu vaqt oraligʻida qoʻgʻirchoqning tashqi koʻrinishi bir necha bor oʻzgargan, oʻyinchoqlarning yangi versiyalari, shu jumladan kollektsiya qilinadigan turlari ham yaratilgan. Ayrim Barbie qoʻgʻirchoqlari erkin savdoga chiqarilmaydi, balki kimoshdi savdolariga chiqariladi.

Asosiy mavzular