Rossiyada sim-karta pasport o‘rnini bosishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSim-karta s logotipom operatora sotovoy svazi MTS
Sim-karta s logotipom operatora sotovoy svazi MTS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Rossada simkarta to‘lov kartasi sifatida keng foydalanilmoqda, kelajakda uning yordamida kredit olish imkoni ham paydo bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi sim-kartani to‘laqonli inson shaxsini aniqlash vositasiga aylantirish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

“Bugungi kunda sotuvga chiqarilgan sim-kartalar ustidan nazorat sust, lekin nazorat kuchaytirilsa, sim-karta to‘laqonli inson shaxsini aniqlash vositasiga aylanishi mumkin. Sim-kartalar, allaqachon, bank kartalari o‘rniga to‘lov vazifasini bajarmoqda, kelajakda esa sim-kartaga kredit ham olish mumkin bo‘ladi”, — dedi Rossiya Davlat Dumasi moliya bozori qo‘mitasi raisi Anatoliy Aksakov.

Duma vakilining so‘zlariga ko‘ra, bir kishiga beriladigan sim-kartalar soni cheklanmagan bo‘ladi. Buni amalga oshirish uchun, dastavval, davlat sim-kartalar ro‘yxatini tashkil qilish va sotilayotgan sim-kartalar ustidan nazoratni kuchaytirish kerak bo‘ladi.

“Izvestiya” nashri yozishiga ko‘ra, uyali aloqa operatorlari ushbu yangiliklarga qiziqish bilan qarashmoqda, lekin Rossiya moliya monitoring xizmati ushbu tashabbusni qo‘llab-qo‘vvatlashga tayyor emas. Ularning fikriga ko‘ra, shaxsni aniqlovchi hujjatlar faqat davlat organlari tomonidan berilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0