12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Rabota radiostantsii

Rossiyada “Ozodlik”, “Amerika ovozi” va yana 7 OAV xorijiy agent deb eʼlon qilindi

© Flickr/ curtis.kennington
Dunyoda
Havola olish
50120

Roʻyxatdan joy olgan OAV jurnalistlariga Federatsiya kengashiga va Davlat dumasiga kirish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiya Adliya vazirligi toʻqqizta OAV, xususan, “Amerika ovozi”, “Ozodlik” radiosi va "Nastoyaщeye vremya" telekanalini xorijiy agent deb eʼlon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Roʻyxatdan shuningdek, "Idel.Realii", "Kavkaz.Realii", "Krыm.Realii", “Ozodlik” radiosining tatar-boshqird xizmati (Azatliq Radiosi), "Ozod Yevropa/Ozodlik" radiosi (PCE/PC), "Sibir.Realii" va "Faktograf" loyihasi joy olgan.

Roʻyxatdan joy olgan OAV jurnalistlariga Federatsiya kengashiga va Davlat dumasiga kirish taqiqlanadi.

Davlat suverenitetini himoya qilish boʻyicha Federatsiya kengashi komissiyasi raisi Andrey Klimovning aytishicha, xorijiy agentlar roʻyxati hozircha kengaytirilmaydi.

"Bu roʻyxatga Amerikaning davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va faoliyatini rus tilida olib boradigan targʻibotchi kompaniyalari kiritildi. CNN targʻibotchi kompaniya emas va boshqa OAV ham bu roʻyxatga kiritilmaydi", — dedi senator.

Rossiya prezidenti xorijiy agent OAV haqidagi qonunni 25 noyabr kuni imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning RT America va Sputnik — Reston Translator hamkor kompaniyasini xorijiy agent sifatida roʻyxatdan oʻtishni talab qilgani uchun AQShga majburiy javob chorasi deb baholanmoqda.

Qonunga koʻra, xorijdan moliyalashtiriladigan (jumladan, xorij manbalari homiylik qiladigan Rossiya yuridik shaxslari tomonidan) har qanday xorij OAV xorijiy agent deb hisoblanadi.

Xorijiy agent deb eʼlon qilingan OAV oʻz materiallarida bu haqda belgi qoʻyishi va hisobot topshirib turishi lozim.

Asosiy mavzular