12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Ravon R2

Kiyev karshering xizmati 100ta Ravon sotib oldi

© Ravon
Dunyoda
Havola olish
451 0 0

Ukraina karshering xizmati kompaniyasiga dastlabki 30 ta avtomobil kalitlari topshirildi, qolgan 70 ta avtomobil 2018 yanvar oyi oxirigacha yetkizib beriladi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Ukrainaning "Getmankar" karshering xizmatiga 30ta Ravon R2 avtomobillari kalitlari topshirildi, deb xabar qilmoqda autosvit.com.ua nashri.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
© Sputnik/ Yevgeniya Novojenina

Ushbu tanatanali marosim Ravon ning Ukrainadagi dileri "TSM Inter-Avto" vakillari,  kompaniya distribyutori — "Ukr-UzAvto" direktori Farxod Abdullayev va Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev ishtirokida boʻlib oʻtdi.

"Getmankar" kompaniyasi direktori Taras Getmanskiy aytishiga qaraganda, koʻrib chiqilgan avtomobillar orasida boshqa markalar ham boʻlgan, lekin faqat Ravon R2 barcha talablarga javob bergan va sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan. Shuningdek avtomobil qiymati va unga texnik xizmat koʻrsatish narxi ham maʼqul kelgan. 

Karshering operatori mutaxassislari Ravon R2 ni toʻrt oy davomida test-drayv qilishgan. Ular avtomobilni mijozlarga ijaraga berib ularning fikrini oʻrganishgan. Ushbu avtomobil tanlanishiga soʻnggi sabab – unda avtomat uzatish qutisi borligi boʻlgan.

Natijada avtomat, konditsioner hamda elektr oyna koʻtargichlar bilan jihozlangan kichik avtomobil katta shaharning gavjum koʻchalarida foydalanish uchun juda qulay — deb topilgan.

“Getmankar” aytishiga qaraganda 2018 yilning yanvarida Kiyev koʻchalarida 100 dan ortiq Ravon R2 avtomobillari xizmat koʻrsatadi.

Karshering — bu avtomobildan birgalikda foydalanish xizmatidir. Unda avtomobilni shaharning bir joyidan olib ikkinchi joyiga tashlab ketish imkoni bor. Avtomobilni topish, uni eshigini ochish va oʻt oldirish smartfon yordamida amalga oshiriladi. Natijada mijoz faqat avtomobildan foydalangan vaqt uchun pul toʻlaydi.

 

Asosiy mavzular