12:15 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident Ukrainы P. Poroshenko posetil Rovenskuyu AES

Hindistonda Rossiya qurgan AES toʻliq quvvat bilan ishga tushdi

Press-slujba prezidenta Ukrainы
Dunyoda
Havola olish
370 0 0

Bugundan boshlab "Kudankulam" AESining ikki energobloki 2000 MVt quvvat elektr energiyasi ishlab chiqara boshladi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Hindistonda "RosAtom" yordamida qurilgan "Kudankulam" AESining ikki energobloki toʻliq quvvat bilan ishga tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Kudankulam" AESining 1-sonli Bloki, 1000 MVt energiya ishlab chiqarmoqda. 2-sonli Blokning energiya ishlab chiqarish quvvati oʻtgan tun soat 03:30da birinchi bor 1000 MVtga yetdi ", — dedi hindistonlik suhbatdosh.

"Kudankulam" atom elektr stantsiyasi- Rossiya va Hindiston birgalikda amalaga oshirgan eng yirik loyihadir. AESning birinchi energiya bloki 2014 yilda ishga tushirilgan edi. Ushbu yilnng iyun oyiida 3 va 4 energiya bloklari qurilishi boshlandi. Ular 2020, 2021 yillarda ishga tushishi kutilmoqda.

AESning 3-4 bloklari 4,2 milliard dollar miqdorida Rossiya Davlat krediti hisobida qurilmoqda. Kredit mablagʻlari 10 yil muddatga ajratilgan.

Qurilishning Rossiya tomonidan asosiy hamkori — "Atomstroyeksport" kompaniyasi. Ushbu kompaniya bir necha mamlakatlarda AESlar qurish bilan shugʻullanadi. Xususan, Erondagi "Busher-2", Vengriyadagi "Paksh-2", Xitoydagi "Tyanvan", Turkiyada "Akkuyu", Bangladeshda "Ruppur", Misrda "ed-Dabaa" va Finlandiyada "Xanxikivi" AESlari qurilishi Rossiya atom energetikasi texnologiyalari asosida olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda dunyo atom energetikasi bozorida sobiq Ittifoq davrida asos solingan, Rossiya  AES texnologiyasi oʻzining yaqqol ustunligini namoyish qilmoqda.

Bunga sabab — dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan Rossiya AESlari ishonchi va samarali deb tan olingani boʻlgan. Rossiya AESlari 9 balli zilzilaga ham dosh berishi mumkin. Ikkinchidan, RosAtom nafaqat AES qurishni, uning AES faoliyati davomida toʻliq texnik xizmat koʻrsatish, uran yonilgʻisi bilan taʼminlashni,  hamda radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlarining toʻliq majmuasini taklif qilayotgani ham boʻlgan.

2011 yilda zilzila oqibatida AQSH tomonidan qurilgan Yaponiyaning Fukusima  AESida sodir boʻlgan kuchli avariyadan keyin, ushbu sohada Rossiya texnologiyalari ustunligi yanada yaqqol koʻzga tashlana boshladi.

Natijada, bugungi kunda RosAtomga mijozlardan eng uzundan-uzoq  navbat hosil boʻlgan. Xususan, kompaniya yaqin 10 yillar ichida chet mamlakatlarda 34 ta Rossiyada 8 a energiya bloklari qurishga buyurtma olgan. Buyurtmalar portfeli umumiy qiymati 133 mlrd dollardan oshib ketgan.

Asosiy mavzular