06:30 19 Yanvar 2018
Efir
Ministr inostranыx del Turtsii Mevlyut Chavushoglu

Chavushoʻgʻli butun dunyoni Falastinga yon bosishga chaqirdi

AFP / ADEM ALTAN
Dunyoda
Havola olish
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)
426 0 0

"Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishi nafaqat musulmonlarga va arablarga, balki Quddusning nasroniy aholisiga ham qarshi qaratilgan", - deyiladi IHT rasmiy bayonotida

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Istanbulda 13 dekabr kuni Quddus masalasiga bagʻishlangan Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari sammiti ish boshladi. Sammitda 48ta davlatdan vakillar, shu jumladan, 16ta davlat rahbarlari ishtirok etishmoqda. Yigʻilishga Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham kelgan.

Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushoʻgʻli sammit oldidan butun dunyoni Falastinga yon bosishga chaqirdi

Bu haqda u oʻzining Twıtterdagi mikroblogida yozgan.

"Islom dunyosi falastinlik birodarlarni ularning adolatli kurashida qatʼiy qoʻllab-quvvatlashi kerak", deyiladi uning postida.

Bugun Istanbulda Quddus boʻyicha IHT sammiti oʻtkazilib, unda IHTga aʼzo davlatlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston tomondan ushbu favqulodda sammitga Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligidagi delegatsiya yoʻl olgan.

Eslatib oʻtamiz, 11 dekabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon oʻrtasida telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtgan edi. Ikki prezident Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibidagi masalalar, jumladan, mintaqaviy va xalqaro siyosatning boshqa dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashgani rasman maʼlum qilingan edi.

Sammitga favqulodda maqom berilishi Amerika rahbari Donald Trampning 6 dekabr kuni Quddusni Isroil poytaxti, deb eʼlon qilgani bilan bogʻliq.

Dunyoning koʻplab mamlakatlari Trampning ushbu qarorini xato, deb baholashmoqda. AQShning bu qadami xalqaro huquqlarga zid ekanligi va u Yaqin Sharqda xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.

"Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishi nafaqat musulmonlarga va arablarga, balki Quddusning nasroniy aholisiga ham qarshi qaratilgan", — deyiladi IHT rasmiy bayonotida.

Mavzu:
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)

Asosiy mavzular