Tojikiston xavfsizlik maqsadida Afg‘oniston bilan chegaraning bir qismini yopdi

© Sputnik / Semiraga / Mediabankka o‘tishSoldat na granitse
Soldat na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegara yopilishiga tojik chegarachilarining afg‘on narkokontrabandachilari bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaraning bir qismini vaqtincha yopdi, deb xabar berdi Tojik telegraf agentligi o‘z manbasiga tayanib.

"Tojikiston hukumati xavfsizlik maqsadida Afg‘oniston bilan chegaraning katta qismini — Shamsiddini Shohin tumanidan Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatigacha bo‘lgan qismini yopdi", — dedi agentlikka Xatlon viloyatidagi manba.

Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
IShID jangarilari afg‘on-turkman chegarasida o‘rnashib olmoqda

Panj darosi ustidagi beshta ko‘prikda harakat to‘xtatilgan, bitta nazorat o‘tkazuv punkti yopilgan.

Ilgariroq Afg‘onistonning Badaxshon viloyati gubernatori Ahmad Faysal Bekzod Tojikiston bilan chegara yopilganini tasdiqlagandi. Biroq Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayev chegara yopilishi haqida rasman farmoyish bo‘lganligini inkor etdi.

Ahmad Faysal Bekzodning aytishicha, hozirda Badaxshon viloyati aholisi qishda Tojikistondan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatidan mahrum bo‘lib qolmasliklari uchun chegarani ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Chegara yopilishiga tojik chegarachilarining afg‘on narkokontrabandachilari bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. To‘qnashuvda "Sho‘roobod" chegara otradi komandiri halok bo‘lgan, to‘rt chegarachi yaralangan. Chegara buzuvchilar yo‘q qilingan.

Yangiliklar lentasi
0