06:30 19 Yanvar 2018
Efir
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan

Erdoʻgʻon jahon hamjamiyatini dollarga uchmaslikka chaqirdi

© AP Photo/ Yasin Bulbul, Presidential Press Service, Pool
Dunyoda
Havola olish
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)
147730

Trampning soʻzlariga koʻra, Quddusni Isroil poytaxti deb tan olinishiga qarshi ovoz bergan mamlakatlarni AQSH moliyaviy yordamdan judo qiladi

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon BMT Bosh Assambleyasi Quddus boʻyicha rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlashiga umid bildirmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Bugun BMTda ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi, AQSH prezidenti dagʻdagʻalar bilan chiqish qilmoqda. Demokratiya beshigi butun dunyodan sotilishi mumkin boʻlgan ovozlarni qidirmoqda. Janob Tramp, siz Turkiyaning demokratik irodasini dollaringizga sotib ololmaysiz", — degan Erdoʻgʻon Anqarada soʻzlagan nutqi davomida.

U shuningdek, xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib: "Oʻz irodangizni sotmang", deb daʼvat qilgan. Turkiya rahbari AQSH oʻzi kutayotgan natijaga erisholmasligiga hamda "dunyo Qoʻshma Shtatlarga yaxshigina saboq berib qoʻyishiga" umid bildirgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu sal oldin yevrey davlati ushbu ovoz berish natijalarini tan olmasligini maʼlum qildi. "Quddus — bu bizning poytaxtimiz, biz u yerda qurilishlarni davom ettiramiz va Isroildagi boshqa davlatlar poytaxtlari ham Quddusga koʻchiriladi", degan u hamda BMTni "yolgʻon uyi" deb atagan.

Oʻn sakkizinchi dekabr kuni Vashington BMT Xavfsizlik Kengashida Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani bloklab qoʻydi.

Bosh Assambleyada ushbu hujjat boʻyicha ovoz berish jarayoni bugun boʻlib oʻtadi.

Tramp ushbu rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlagan davlatlarga AQSH moliyaviy yordam berishni toʻxtatishi haqida bayonotlar qilishga ulgurdi.

Eslatib oʻtamiz, Amerika prezidenti Donald Tramp dekabr oyi boshida Quddusni Isroil poytaxti deb rasman tan olgani haqida eʼlon qilgan edi. Shundan soʻng u Isroildagi AQSH elchixonasini Tel-Aviv shahridan Quddusga koʻchirishni buyurdi. Amerika yetakchisining ushbu qarori koʻplab davlatlarning, birinchi navbatda, Yaqin Sharq va Falastinning keskin noroziligini keltirib chiqardi.

Butun musulmon dunyosida, shu jumladan Isroilning oʻzida ham norozilik namoyishlari boshlandi va buning oqibatida yuzlab odamlar jabrlandi.

Mavzu:
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)

Asosiy mavzular