04:49 19 Yanvar 2018
Efir
Flag Pakistana

Pokiston TIV Amerika elchisini chaqirtirdi, deb xabar berdi OAV

© Sputnik/ Stringer
Dunyoda
Havola olish
29020

Tramp Pokiston terrorchilarga boshpana beryapti, degan gaplaridan keyin rasmiy Vashington Islomobodga bu yil terrorizmga qarshi kurash uchun ajratiladigan 255 million dollarni bermasligi haqida xabarlar tarqaldi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Trampning Islomobod shaʼniga yogʻdirgan tanqididan keyin Pokiston TIV mamlakatdagi amerika elchisini chaqirtirdi, deb xabar qiladi mahalliy  News International nashri manbalarga tayangan holda.

Nashr xabariga koʻra, Pokiston tashqi siyosiy mahkamasi AQSH elchisi Devid Xeylani dushanba kuni kechqurun Trampning Pokiston shaʼniga aytgan "asossiz ayblovlari" uchun norozilik bildirish uchun chaqirtirgan.

Sal oldin Tramp oʻzining Twitterida AQSH Pokistonga moliyaviy yordam yuborib turganini, lekin Islmobod terrorizmga qarshi kurashda yordam bermagani, balki Afgʻonistondan borgan terrorchilarni yashirib kelganligi haqida yozgan edi. Amerika yetakchisi boshqa bu qaytarilmaydi, deb vaʼda bergandi.

Dushanba kuni Fox News telekanali Oq Uydagi Milliy xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayangan holda AQSH hukumati Pokistonga bu yil terrorizmga qarshi kurash uchun ajratilishi rejalashtirilgan 255 million dollarni bermaslikka qaror qilgani haqida xabar bergan.

MXX vakili soʻzlariga koʻra, Tram maʼmuriyati "Pokiston bilan hamkorlik darajasini baholashda davom etadi".

Asosiy mavzular