Tojik imomi Eronni 150 ming tojikistonlikning o‘limida aybladi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imomning aybloviga ko‘ra, o‘tgan asrning 90-yillarida Tojikistondagi islom fundamentalizmi tarafdorlarini aynan Tehron qo‘llab-quvvatlagan

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Hakimiy masjidi imom xatibi Abdusattor Yusupov Tojikistonning 150 ming fuqarosi o‘limida aynan Eron aybdor, deb ta’kidladi. Uning bunday bayonoti Tojikiston din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi saytiga joylashtirildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Imomning aybloviga ko‘ra, o‘tgan asrning 90-yillarida Tojikistondagi islom fundamentalizmi tarafdorlarini aynan Tehron (moliyaviy va targ‘ibot ishlari orqali) qo‘llab-quvvatlagan. Shu tarzda u 1992-1997 yillarda fuqarolar urushi kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.

Abdusattor Yusupovning bildirishicha, Eron hozirgacha mamlakatda faoliyati taqiqlangan Tojikiston islom uyg‘onish partiyasini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Imom xalqni “millat yetakchisi – prezident Emomali rahmon atrofida birlashishga” chaqirdi.

Xabarda aytilishicha, imom tarafidan fuqarolar urushida halok bo‘lganlar soni bir necha baravarga oshirib aytilgan. Nizolar davomida 70 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi. Yana 60000dan ortiq kishi Afg‘onistonga qochib o‘tgan va 200 mingga yaqin kishi MDH mamlakatlariga qochoq sifatida ko‘chib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0