04:49 19 Yanvar 2018
Efir
Ministr yujnokoreyskoy assotsiatsii Cho Myung Gion i glava severokoreyskoy delegatsii Ri Son Gvon  vo vremya vstrechi v Panmundjome. 9 yanvarya 2018

Janubiy va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi muzokalar: nimalarga kelishildi?

AP Photo / Korea Pool via AP
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)
450 0 0

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya oʻrtasida vazirlar darajasidagi muzokaralar boshlandi. Ushbu muzokaralarda Seul Pxenyanga ajralgan oilalar uchrashuvini oʻtkazishni taklif etdi. Boshqa masalalar ham koʻrib chiqilmoqda

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. 2018 yil 9 yanvar sanasida shu vaqtgacha urush yoqasida boʻlib kelgan Janubiy va Shimoliy Koreya delegatsiyalari oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Renxap agentligi maʼlumotlariga koʻra, uchrashuvda tomonlar munosabatlarni yaxshilash yoʻllarini muhokama qilib, shimoliy koreyalik sportchilarni Pxyonchxanda boʻlib oʻtadigan Olimpiadada ishtiroki masalasini koʻrib chiqadilar.

Ayni vaqtga qadar, eʼlon qilingan xabarlarga koʻra, Janubiy Koreya KXDR delegatsiyasi Olimpiadada ishtirok eta olishi uchun Pxenyanga nisbatan sanktsiyalarni yumshatish masalalarini koʻrib chiqishini maʼlum qilgan.

Cheklov choralaridan aynan qaysilari olib tashlanishi haqida aniq maʼlumot yoʻq, biroq Seul bu borada BMT Xavfsizlik kengashi sanktsiya qoʻmitasi, AQSH va boshqa "manfaatdor tomonlar" bilan "yaqindan maslahatlashish"ni rejalashtirgan.

Janubiy Koreya TIV vakili, "yadro va raketa ishlab chiqarish" xavfining jiddiyligini eʼtiborga olgan holda Seul KXDRga nisbatan xalqaro bosim choralariga toʻliq amal qilishini qoʻshimcha qilgan.

Shimoliy Koreya delegatsiyasi oʻz navbatida, Janubiy Koreyada boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga yirik delegatsiyani yuborishini maʼlum qilgan. Uning tarkibida musiqachilar, sport muxlislari va jurnalistlar boʻlishi aytilmoqda.

Qishki Olimpiya oʻyinlari Pxyonchxanda 9 fevralda boshlanib 25 fevralga qadar davom etadi.

Janubiy Koreya KXDRga oy taqvimi boʻyicha keladigan Yangi yil(15 fevral) munosabati bilan millatning ikkiga ajralib ketishi oqibatida bir-biridan ajralib qolgan oilalar uchrashuvini oʻtkazishni taklif etgan.

Mavzu:
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)

Asosiy mavzular