04:48 19 Yanvar 2018
Efir
Shkolniki stoyat ryadom s severokoreyskim liderom Kim Chen Ыn

Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorligini bildirdi

REUTERS/KCNA/File
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)
25330

Ikki Koreya davlati yetakchilari uchrashuvi ikki marotaba boʻlib oʻtgan. Yaʼni Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari hozirgi mamlakat rahbari otasi - Kim Chen Ir davrida Pxenyanda 2000 va 2007 yillarda. 2007 yilgi uchrashuv hozirda oxirgisi boʻlib qolmoqda

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligi haqida bayonot qildi. Ammo "maʼlum shartlar asosida", deb qoʻshimcha qildi u. Bu haqda Renxap axborot agentligiga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.

Xabarga koʻra, tegishli bayonot Janubiy Koreya rahbari tomonidan chorshanba kuni har yili oʻtkaziladigan anʼanaviy matbuot-anjumani vaqtida aytilgan.

Oʻtgan yilning yoz faslida ham Berlinda vaqti Mun Chje In Shimoliy Koreya yetakchisi bilan aloqa zarurligini va ikki tomonlama oliy darajadagi uchrashuv, agar u ziddiyat va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga xizmat qilsagina boʻlib oʻtishini maʼlum qilgan edi.

Ikki Koreya davlati yetakchilari uchrashuvi ikki marotaba boʻlib oʻtgan. Yaʼni Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari hozirgi mamlakat rahbari otasi — Kim Chen Ir davrida Pxenyanda 2000 va 2007 yillarda. 2007 yilgi uchrashuv hozirda oxirgisi boʻlib qolmoqda.

Mavzu:
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)

Asosiy mavzular