03:23 21 Yanvar 2018
Efir
Severokoreyskiy lider Kim Chen Ыn

Kim Chen In Shimoliy Koreya gʻalabasining sirini aytdi

KRT via AP Video
Dunyoda
Havola olish
114820

3 sentyabrda Shimoliy Koreya vodorod kallakli raketani sinovdan oʻtkazgandi

TOSHKENT, 12 yanv —Sputnik. KXDR "dushmanlar 10 va 100 yilga sanktsiya kiritgan taqdirda ham qiyinchilikka duch kelmaydi", dedi Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In davlat fanlar akademiyasi olimlari oldida chiqish qilish chogʻida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Ogʻir sinovlar sharoitida Koreya inqilobining gʻalabasi sirlaridan biri shundaki, biz asosiy eʼtiborni fan va texnikani rivojlantirishga qaratdik. Mustaqil milliy iqtisodiyot, ilmiy-texnik mutaxassislar va aqlli boshlar evaziga biz dushmanlar 10 va 100 yilga sanktsiya kiritgan taqdirda ham qiyinchilikka duch kelmaymiz", — degan soʻzlaridan iqtibos keltiradi Koreya markaziy telegraf agentligi.

Eslatib oʻtamiz, 3 sentyabrda Shimoliy Koreya vodorod kallakli raketani sinovdan oʻtkazgandi. Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari ushbu raketaning quvvatini 160 kilotonna deb baholashgandi. Bu 1945 yilda Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan bombadan 10 baravar kuchliroq degani.

Shu bois BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga nisbatan yangi sanktsiyalar joriy etdi.

Asosiy mavzular