06:36 19 Yanvar 2018
Efir
Upravlyayemaya raketa

Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan jangarilar yoʻq qilindi

© Foto: Ministry of Defence of the Russian Federation
Dunyoda
Havola olish
1358 0 0

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan jangarilarga zarba berish videosini namoyish qildi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya maxsus qoʻshnlari Suriyada 31 dekabr kuni Rossiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan diversion guruhni yoʻq qilishdi, RIA novosti xabariga asosan.

“Diversion guruhning joylashgan joyi (bazasi) Idlib viloyatning gʻarbiy chegarasiga yaqin joyda ekanligi aniqlandi. Terrorchilar u yerga yetib kelganidan keyin, bir mikroavtobusdan ikkinchisiga oʻtish vaqti, aniq nishonga oluvchi “Krasnopol” snaryadi yordamida yoʻq qilindi”, — deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu maxsus operatsiyani amalga oshirishda Rossiya maxsus qismlarining va harbiy razvedkasining turli darajadagi kuchlari ishga solingan.

Vazirlik xabariga koʻra, diversion guruh joylashgan joy Rossiya uchuvchisiz apparatlari yordamida tunu-kun kuzatuv ostida boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Yangi yil bayrami arafasida, 31 dekabr va 5-6 yanvar tunida Xmeymimdagi Rossiya harbiy bazasiga hujum qilingan edi. Unda 2 nafar Rossiya harbiy xizmatchisi qurbon boʻlgan edi.

Asosiy mavzular