Rossiya vaziri O‘zbekiston prezidentiga mahalliy rus xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRossiya TIV Sergey Lavrov
Rossiya TIV Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV matbuot xizmati Sergey Lavrov O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifidan mamnun ekanligini aytdi.

Toshkent, 16-iyul — Sputnik. Rossiya vaziri O‘zbekiston prezidentiga mahalliy rus xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Lavrov: “Biz O‘zbekiston prezidenti Karimovning vatandoshlarimizga bo‘lgan uzuluksiz diqqatini e’tirof etayapmiz. Kafedral Soborda men ular bilan uchrashdim, ular o‘zlarini bu yerda xuddi o‘z uyidagidek his qilishayapti. Har qanday masala ularning talablariga diqqat qilingan holda hal kilinayapti, — dedi.

Mehmon shu qatorda O‘zbekiston rahbariyatiga rus tiliga bulgan diqqat uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, rus tili o‘lkaning ko‘pgina maktablarida, deyarli hamma oliy ta’lim maskanlarida o‘rganilmoqda. Undan tashqari, respublikada millatlararo munosobatlarning mustahkamlanishiga Rus Madaniyat markazi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Shu bilan bir qatorda Rossiyada 11 ming nafar o‘zbekistonlik talabalar o‘qimoqda. Ularning ba’zilari Rossiya davlat stipendiyalari evaziga o‘qimoqda.

Vazir ikki mamlakat o‘rtasidagi ma’naviy munosabatlarning mustahkamlanishida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Rus Pravoslav cherkovini qullab-quvvatlanishi muhim o‘rin egallaganini ta’kidlab o‘tdi. Tashrif davomida vazir O‘zbekistondagi Pravoslav cherkovlardan biri bo‘lgan – Toshkentdagi Muqaddas-Uspensk kafedral soboriga tashrif buyurdi.

Yangiliklar lentasi
0