Mars One loyha qatnashchilari Yerni butunlay tashlab ketishga tayor

Obuna bo‘lish
2026 yilda Marsga bo‘ladigan sayohat nomzodlari ushbu ekspeditsiyadan nimalarni kutayotganliklarini, Vashingtonda o‘tgan xalqaro Mars jamiyati yig‘ilishida aytib berishdi.

“Bizda haqiqatdan ham uchib borib qaytib keladigan texnologiya yuq. Marsda bizni orga qaytarib yuboradigan, Kennedi nomli kosmik markaz yo‘q,” — dedi qatnashchilardan biri, shifokor, Leyla Suker.

Leyla bo‘lg‘usi safarni Amerikani zabt etish safari bilan tenglashtirdi.uning so‘zlariga qaraganda bobokalonlari Yevropadan Yangi Dunyoga ko‘chib utishgan, bu faqat bir tarafga  safar bo‘lgan.

Birinchi zabt etuvchilarni Marsga 2026-yilda yuborish mo‘ljallangan. Ungacha ular safarga tayorgarlik kurishadi.

“O‘zga sayorada ilg‘or ish yurutuvchi jamoa bo‘lishni o‘rganishimiz uchun bizda 10-yil vaqt bor”, — dedi nomzodlardan biri, aerokosmik texnologiyalar muhandisi Oskar Metyu.

Yangiliklar lentasi
0