O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng toqatli mamlakat deb tan olindi

Obuna bo‘lish
Reyting tuzuvchilari toqatlilik bu o‘zga madaniyatli, o‘zga dinli odamlarga adovatsiz munosobatda bo‘lish deb tushunishadi.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Kanadaning “Martin Prosperity Institute” hisobotiga ko‘ra O‘zbekiston Umujaxon Yaratuvchanlik Ko‘rsatkichi (Global Creativity Index) buyicha umumiy 64 o‘rinda bulib, MDH davlatlari orasida “toqatlilik” yo‘nalishi buyicha birnchi o‘rinni egalladi. Ushbu ma’lumot tadqiqotchilar hisobotida kursatilgan.

“Toqatlilik” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Kanada egallagan. U yerda 92% aholi fikricha mayda millat vakillari Kanadada har jihatdan qulay yashaydi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Islandiya va Yangi Zelandiya egalladi. Ushbu reytingda Rossiya 126 o‘rinda.

Umujaxon Yaratuvchanlik Ko‘rsatkichiga umuman 139 mamlakat kiritilgan. Umumiy reyting bo‘yicha Uzbekiston 0.288 kursatkich bilan 100chi qatorni egalladi. Reytingning birinchi qatorlarini Avstraliya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Daniya va Finlandiya davlatlari egallagan. Texnologiyalar buyicha O‘zbekiston 74 o‘rinni, “Talant” yunalishi buyicha 111 o‘rinni egalladi.

Umujaxon Yaratuvchanlik Ko‘rsatkichi reytingi Martin Prosperity Institute tomonidan har yili tuziladi. Iqtisodiyot rivoji darajasini belgilash uchun tadqiqotchilar nafaqat mamlakatdagi moddiy boyliklari hajmini, balki mamlakat hududlarining intellektual imkoniyatlarini, axborot olishning osonligini, yangi texnologiyalar yaratilishini va biznesmen va tadbirkorlarning qobiliyatini hisobga oldilar.

Undan tashqari olimlar iqtisodiyot barqarorligi va jamiiy tengsizliklarni ham hisobga oladilar. Yaratuvchanlik reytingi asosini “uch T” tashkil qildi: talant, texnologiya, toqatlilik.

Yangiliklar lentasi
0