Jamiyat

Oʻzbekiston OTMlarida toʻlov-kontrakt narxi 15 foizga oshirildi

Yangi narxlar 2015 yil 1 sentyabrdan amalga kiradi.

Toshkent, 19 avg – Sputnik. Moliya vazirligi va Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bakalavriat va magistraturada 2015-2016 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqish narxini tasdiqladi, — deb xabar berdi Oʻzbekiton Respublikasi Taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

Xalqaro aloqalar va Jahon iqtisodiyoti bilan bogʻliq bulgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiydigan talabalar eng qimmat narx toʻlaydigan boʻlishdi — yiliga 8,55 mln soʻm.  Ushbu narx oʻtgan yilgiga qaraganda qariyb bir millon soʻmga qimmat.

Gumanetar va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqiydigan talabalar 5,8 millon toʻlashadi. Oʻtgan yili ushbu mutaxassisliklar boʻyicha toʻlovgʻkontrakt narxi 5,05 million soʻmni tashkil qilgandi. “Jurnalistika” va “Informatika texnologiyalari” mutaxassisiliklari boʻyicha oʻqish narxi 5,5 milliondan 6,3 million soʻmga oshdi.    “Sanʼatshunoslik va meʼmorchilik” yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish 5,95 million oʻrniga 6,85 millionni tashkil qiladi.  “Iqtisodiyot va biznes”, “Tibbiyot” yoʻnalishlari boʻyicha 6,65 oʻrniga 7,65 millionni tashkil qiladi.

Ushbu oʻqish yilida, Oʻzbekistonda OTMga 550 mingdan ziyod abituriyentlar hujjat topshirgan. Bu oxirgi yillar ichida eng yuqori natija. Qabul test natijalari yaqin kunlar ichida eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala