“Adolat” partiyasi faxriylarni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Utarbekov / Mediabankka o‘tishUlug‘ Vatan urushi qahramonlari Magu olov yodgorligiga gulchambar qo‘ymoqdalar
Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari Magu olov yodgorligiga gulchambar qo‘ymoqdalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar, OAV muxbirlari, va partiyaning yosh faol a’zolari faxriylar bilan uchrashishdi va ularga sovg‘alar taqdim etishdi.

Toshkent, 18 avg – Sputnik. “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston mustaqilligining 24-yilligi arafasida, “Insonni qadrlaydigan mamlakat” nomli tadbir o‘tkazdi, deb xabar berdi “Jahon” AA.

Tadbirning asosiy maqsadi – islohotlarni tadbiq qilishda yoshlarning faolligini oshirish.  O‘zbekistonda ushbu yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi munosobati bilan, hozirgi paytda respublikada keksalarga ijtimoiy ko‘mak dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur asosida keksalarning hayot darajasini yaxshiluvchi 15 loyha ishlab chiqilgan.  Xususan, davlat tarafidan ijtimoiy imtiyozlar sonini oshirish mo‘ljallangan. Avgust oyining boshida hukumat tarafidan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga eng kam maosh haqqining (118 400 so‘m) bir baravariga teng qo‘shimcha nafaqa to‘lanadigan bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0