Iqtisod

MTS Oʻzbekistonda 2016 yilga kelib abonentlar sonini 1,15 mlnga yetkizmoqchi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMTS sim-kartasi
MTS sim-kartasi - Sputnik Oʻzbekiston
2015 yilning birinchi yarmida UMS abonentlari soni 643,1 mingga yetdi. Bu oʻtgan yilgi koʻrastkichga qaraganda uch baravar koʻp.

Toshkent, 19 avg – Sputnik. Universal Mobile Systems, Oʻzbekistondagi MTS ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxona. UMS 2015 yil oxiriga qadar oʻz abonentlar sonini 1,15 millionga yetkizishni rejalashtirgan, — deb xabar berdi RIA Novosti, UMSning matbuot xizmatiga maʼlumoti asosida.

Universal Mobile Systems 2014 yilning 1 dekabridan uyali aloqa tarmogʻini tijoriy foydalanishga topshirdi. Mazkur yilning iyul oyida Oʻzbekiston va MTS orasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan edi. Oʻshanda tomonlar qoʻshma korxona tuzish haqida kelishib olishgan edi. Kelishuvga koʻra korxona sarmoyasining 50,01 foizi MTSga, 49,99 foizi “Oʻzbektelekom” AJga tegishli boʻlib, uyali  aloqa opreratoriga 2G/3G/LTE litsenziyalar, kerakli chastotalar, nomerar hajmi, aloqa kanallari ijarasi bilan taʼminlandi. Tarmoqning boshlangʻich hajmi 2,5 million abonent raqami deb belgilandi.

2015 yilning birinchi yarmida yangi opreratorning bozor ulushi hajmi 2014 yilgi 1%dan 3%gacha oʻsdi.

Joriy yilning ikkinchi kvartalida UMSning daromadi birinchi kvartalga qaraganda 2 barobarga oshib 14,5 mln dollarni  (Oʻzbekiston MB kursi boʻyicha) tashkil qildi, toza zarar  esa – 10,8 mln dollarni tashkil qildi. Solishtirish uchun birinchi kvartalda ushbu koʻrsatkichlar: foyda — 10,8 mln dollar, zarar – 16, 2 mln dollarni tashkil qilgandi. Ikkinchi chorakda MOU koʻrsatkichi (bir abonent oy davomida ishlatgan minutlar soni) birinchi chorakdagi 356 mnut oʻrniga, 452minutni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala