Moskvada artist Lev Durov vafot etdi

© Sputnik / Ovsannikov / Mediabankka o‘tishLev Durov
Lev Durov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Teatr va kinoning mashhur akteri 84 yoshida vafot etdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng akter, rejisser, SSSR xalq artisti Lev Durov vafot etdi, deb xabar berdi RIA Novosti, marhumning qizi Yekaterina Durovaning so‘zlari asosida.

Durov hayotining oxirgi ikki haftasini shifoxonada o‘tkardi. U 7 agust kuni zotiljamning og‘ir ko‘rinishi diagnozi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Keyinroq unga “o‘tkir yurak yetishmovchiligi” deb dianoz qo‘yishdi. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb ta’kidlagandi.

SSSR xalq artisti akter va pedagog Lev Durov 1931-yil 23-dekabrda Moskvada tug‘ildi. Durovlar oilasi mashhur rus sirk artistlari sulolasiga kiradi. 1954-yilda MXAT maktab-studiyasini  bitirib Markaziy bolalar teatriga ishga kirdi.

1967 yil Durov Malaya Bronnayadagi Moskva Drmatik teatriga ishga kirdi. U o‘ynagan  qahramonlarda tragik va komik obrazlar tutashib ketganligi uchun akterni “tragik kloun” deyishardi. Akter hisobida teatrlarda va kinoda uynagan ko‘plab rollar bor. U “Otello”da Yago rolini, Shekspirning “Romeo va Julyetta”sida Tibaldni, “Uylanish”da Jevakinni, Gogolning “O‘lik jonlar” asari asosida yozilgan “Yo‘l” spektaklida Nozdrevni, Chexovning “Uch opa-singillar” asarida Chebutikinni, molyerning “Don Juan”ida Sganarel rollarini o‘ynagan edi.

Durovning kinodagi ish faoliyatini teatr bilan bir vaqtda boshladi. 1954-yildan boshlab u 200 dan ziyod rollar uynadi. Akter “Bir yilning tuqqiz kuni”, “Bahorning 17 lahzasi”, “Men Moskvada qadam tashlayapman”, “Qizil kalina”, “D’Artanyan va uch mushketor” va “Katta tanaffus” filmlarida unitilmas rollar uynagan.

Ijodining keyingi davrida Durov akterlikni rejisserlik bilan birga olib bordi. “Teatr na Maloy Bronnoy” teatrining sahnasida ko‘plab spektakllar qo‘ydi. Durov ko‘plab mukofotlar sovrindori, ular qatorida Xalqlar do‘stligi ordeni, IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlarii uchun”, III darajali “Vatan oldidagi xizmatlarii uchun” ordenlari bor. 

Yangiliklar lentasi
0