O‘zbekistonda xayriya hashari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishO‘t qirqayotgan ishchi
O‘t qirqayotgan ishchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatning hamma burchagida Mustaqillik kuniga tayorgarlik ketayapti.

Toshkent, 20 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 22-23 avgusta umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi, deb  xabar berdi Jahon AA, “Mahalla” xayriya fondining matbuot xizmati ma’lumoti asosida. Mamlakatning asosiy bayrami – Mustaqillik kuni — arafasida qishloq va shahar aholisi o‘z uylari oldidagi ko‘chalarni tartiba keltirib, bog‘ va saylgoh va bolalar maydonchalarini tozalab, gullar bilan bezatishadi.

“Tozalik va tartib, shinamlik – aholining madaniyat belgisidir. Qadimiy odatga ko‘ra millionlab odamlarimiz umumxalq hayriya hashariga ko‘tarinki ruh bilan faol qatnashadilar”, — dedi Respublika “Mahalla” fondi raisi o‘rinbosari.

Har bir mahallada hashar qatnashchilari mevali daraxtlar ekib,o‘sayotgan daraxtlarga ham qarov berishadi.
Yirik korxonalar va xususiy tadbirkorlar nafaqat obodonlashtirishda qatnashish, balki bolalar uyi, shifoxona va qariyalar uylariga mablag‘ xayr  qilish imkoniga ham egadir.

Hasharpaytida yig‘ilgan pullar mahallalarni obod qilish hamda yolg‘iz nafaqaxo‘rlar va nogironlarga moddiy yordam sifatida tarqatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0