Iqtisod

Oʻzbekistonga Donbass muammosi tufayli Ukraina eksportining hajmi kamaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishYuk poyezdi temir yoʻlda
Yuk poyezdi temir yoʻlda - Sputnik Oʻzbekiston
Eksport hajmi Ukrainaning janubi-sharqidagi muammo chigallashishi sababli ushbu yilning olti oyida 75,4 million dollarga kamayib ketdi.

Toshkent, 21 avg – Sputnik. 2015 yilning birnchi yarmida Ukrainaning Oʻzbekistonga eksporti oʻtgan yilning birinchi yarmiga qaraganda 1,4 baravarga kamaydi, deb xabar berdi RIA novosti Ukrainaning Oʻzbekistondag elchisi Yuriy Savchenko soʻzlariga asoslanib.

Eksport kamayishi Donbassdan Oʻzbekistonning togʻ-kon qazish hamda neft-gaz tarmogʻlari uchun kerak boʻladigan temir armatura mahsulotlari olib kelishning kamayishi bilan bogʻliq.

Elchining gaplariga qaraganda Ukraina mahsulotlari uchun kiritilgan oxirgi bojxona yigʻini ikki mamlakat orasidagi tovar ayrboshlash kamayishining yana bir sababidir.

“Biz umid qilamizki ushbu muammolar kelgusi muzokaralar chogʻida hal qilinadi”, — dedi Savchenko.

Oʻzbekiston 1 iyuldan boshlab Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qoʻshimcha 10% boj belgiladi. Bu Ukrainaning ushbu yilning fevralida Uzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qoʻygan 10% bojiga qarama-qarshi kiritilgan chora edi.

2014 yilning Avgustida ukraina tomoni, Rossiya bilan savdo-sotiqning kamayishi tufayli Oʻzbekiston bilan erkin-savdo zonasi oʻrnatish imkoniyati haqida gapirgandi. Ammolekin hozirgi paytgacha ushbu tashabbus boʻyicha hech qanaqa amaliy qaror qabul qilingani yoʻq.

Elchixona xabariga koʻra Ukrainaning Oʻzbekistonga eksportining asosiy qismi kimyo sanoati (farmatsevtika), mashinasozlik va qishloq-xoʻjalik sanoati mahsulotlari tashkil qiladi.

Ikki mamlakat orasidagi umumiy mol ayrboshlash birinchi yarim yillikda 11%ga kamayib 125,7 million dollarni tashkil qildi. 2014 yil yakunida Oʻzbekiston Ukrainaning chet el savdo hamkorlari orasida 42 oʻrinda, MDH davlatlari orasida – yettinchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala