Iqtisod

Toshkentda zamonaviy toʻqimachilik texnoparki quriladi.

Oʻzbekiston-koreya texnoparki laboratoriyalarida yangi avlod matolari ishlab chiqiladi.

Toshkent, 21 avg – Sputnik. Poytaxtda “Oʻzbekengilsanoat” Janubiy Koreyalik hamkorlari bilan zamonaviy toʻqimachilik texnoparki quradi, deb xabar berdi “Jahon” axborot agentligi.

Yangi texnopark loyha boʻyicha Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti yonida joylashgan boʻlib, eng zamonaviy asbob-uskuna bilan jihozlangan. Tashkilot bir vaqtning oʻzida oʻquv hamda yangi sunʼiy matolar yaratiladigan tadqiqot laboratoriyasiga aylanadi. Bino koʻrinishini va loyhasini tayorlovchi ish guruhi allaqachon tuzilgan.

Janubiy Koreyalik hamkorlarga ushbu loyha 15 million dollarga tushadi. Loyhaning bosh homiysi Koreya respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi va Koreyaning Texnologiyalar rivojlantirish intitutidir.

Oldinroq Janubiy Koreyada zamonaviy texnopark qurishga tender eʼlon qilingan edi. Uning gʻolibi kuz oʻrtasida aniq boʻladi. Yanvarda ushbu majmua qurilishi  boshlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala