Sentabrda Toshkent va Samarqandda ICT Week bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishDasturchilar konkursi
Dasturchilar konkursi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IT haftaligi davomida dasturchilar musobaqasi BestSoft Challenge, IT- loyhalar konkursi va kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Toshkent, 21 avg – Sputnik. 14-18  sentabrda Toshkent va Samarqandda axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ICT Week Uzbekistan 2015 bo‘lib o‘tadi, deb xabar berilgan forum saytida.

Forum doirasida ICT Expo 2015 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada 150dan ziyod korxonalar qatnashadi va 30 mingdan ziyod tashrif buyuruvchilar kutilmoqda.

Telekommunikatsiya sohasidagi ekspertlar ushbu soha rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini forum doirasida bo‘lib o‘tadigan konferensiyada muhokama qiladilar.

Forum davomida “Telekommunikatsiya va infraqurilma”, “Internet va axborot manbaalari” va “Axborot xavfsizligi” mavzularidagi masterk-klass va  diskussiyalar bo‘lib o‘tadi.

ICT Week qatnashchilari 2015-yilda IT sohasi rivojlanishi va sohaning strategik vazifalarini muhokama qilishadi.
Sammitda IT sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarining rahbarlari, xalqaro ekspertlar va analitiklar hamda xalqaro IT kompaniyalarning vakillari qatnashadi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bilan bir vaqtda mobil uskunlar va planshetlar ko‘rgazmasi Gadget Fair bo‘lib o‘tadi. Ushbu ko‘rgazmada jahonning yetuk  ishlab chiqaruvchi korxonalari mahsulotlari namoyish qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0