O‘zbekistonda 1,5 mingta yangi turdagi kollej qurildi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishO‘quv jarayoni
O‘quv jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlati ta’lim soxasini rivojlantirish natijalari bo‘yicha umumiy yakunlarni chiqardi.

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda 1,5 mingdan ortiq yangi turdagi ta’lim muassasalari yaratdildi. Shundan 1,4 ming kasb-hunar kollejlari va 150 litsey, — deb xabar berdi SA News.

O‘zbekiston hukumati oliy ta’limning ikki bosqichli davlat standartini kiritdi. Unga ko‘ra “bakalavriat va magistiratura” tizimi tashkil qilindi.

Hozir respublikada 60 oliy o‘quv yurti mavjud. Bundan tashqari o‘zbekiston aholisi chet el universitetlarida o‘qish imkoniyatiga ega. Mamlakatda Rossiyaning neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya ekonomika universiteti va Janubiy  Koreyaning Inxa universiteti filiallari faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonda qayta tayyorlov kurslarida o‘qish va  malaka oshirish imkoniyatlari bor. Ta’lim vazirligi kerakli joylarda masofadan turib o‘qitish tizimini kiritishga yordam berayapti. Bir necha o‘quv yurtlari videokonferensiya o‘tkazish uskunalari bilan ta’minlangan. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari doimiy ravishda onlayn videokonferensiya va leksiyalar o‘tkazib turadi. Elektron ta’lim tizimiga 160 dan ortiq oliygohlar ulangan.

Yangiliklar lentasi
0