Sentabrda 5 mingdan ziyod O‘zbekistonliklar haj safariga chiqadilar

Makka, Saudiya Arabistoni
Makka, Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Makka va Madina musulmonlarning eng muqaddas ziyoratgohlaridir.

 

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Sentabrning birinchi yarmida "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi 5 mingdan ortiq ziyoratchilarni O‘zbekistondan Madinaga olib boradi, — deb xabar berdi O‘zbekiston din ishlari qo‘mitasi.

Buxoro, Namangan, Urgench, Termez, Samarqand va Toshkent shaharlaridan Madinaga to‘g‘ri olib boruvchi qatnovlar yulga qo‘yiladi. Ziyoratchilarga davlat ramzi aks ettirilgan maxsus kiyim, sumka va kitoblar taqdim etiladi. Undan tashqari barcha ziyoratchilar meningit va grippga qarshi zardob bilan emlanadilar.

Makka va Madinada ziyoratchilar uchun muqaddas qadamjolardan uzoq bo‘lmagan, yaxshi jihozlangan mehmonxonalar va zamonaviy avtobuslar band qilingan.

Ushbu safar O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi qoshidagi Din ishlari qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan. Avgust oxirida Saudiya Arabistoniga maxsus guruh yuborilib, tayorlov ishlari boshlanadi. Safar davomida ziyoratchilarga 25 nafar tashkiliy qo‘mita a’zolari, 30 nafar vrach va 10 oshpaz xizmat qiladi.

O‘zbekistonlik hojilar oktabr oyining boshida vatanga qaytadilar.

 

Yangiliklar lentasi
0