1 sentabrdan boshlab budjet muassasalari xodimlari maoshi 10 %ga oshadi

Obuna bo‘lish
Respublika rahbari budjet muassasalari xodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdorini oshirdi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov budjet muassasalari xodimlari oyligini 10%ga oshirish haqidagi qarorga qo‘l qo‘ydi, — deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Pensiya, stipendiya va maoshlar 1-sentabrdan boshlab qayta hisoblanadi.

Davlat rahbari shu bilan birga eng kam ish haqqini oyiga 130 240 so‘mgacha oshirdi. Oldin eng kam ish haqqi 118 400 so‘mni tashkil qilardi. Ushbu ko‘rsatkich 2014-yilning dekabrida ko‘tarilgan edi.

Prezident qaroriga asosan, nogironlar nafaqasi 1-sentabrdan oyiga 254 730 so‘mni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda oylik va nafaqalar yiliga o‘rtacha 10-15 %ga oshadi. Qariyalar nafaqalari ushbu yil “Keksalarni e’zozlash yili” tadbiri doirasida prezident qaroriga asosan allaqachon oshirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0