Putinning ish faoliyatini 83% rossiyaliklar maqulladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya  prezidenti  Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu ko‘rasatkich o‘tgan oynikiga qaraganda 4%ga kamaydi.

 

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaliklarning ko‘pchilligi prezident faoliyatini ma’qullaydi, deb xabar berdi RIA Novosti "Levada-sentra" o‘tkazgan so‘rovga asoslanib.

Hozirgi kunda prezident faoliyatini 83% rossiyaliklar ma’qullayapti, iyulda – 87%, iyunda – 89% edi. O‘tgan yilning avgustida ushbu ko‘rstatkich 84%ni tashkil qilgandi, 2013-yilning avgustida esa — 63%.   

So‘ralganlarning yarmidan ko‘pi mamlakatda ishlar to‘g‘ri yo‘nalishda ketayapti, uchdan bir qismi esa – noto‘g‘ri yunalishda, deb hisoblaydi.  

Bosh vazir Dmitriy Medvedevning faoliyatini aholining 60% ma’qullaydi. 2014-yilning avgustiga qaraganda ushbu ko‘rsatkich 11%ga tushib ketdi. Davlat Dumasi faoliyatini so‘ralganlarning bor yo‘g‘i 47% ma’qulladi.

Eng ishonchga sazovor siyosatchilar kim, degan savolga: Vladimir Putin (58%), mudofaa vaziri Sergey Shoygu (25%), bosh vazir Dmitriy Medvedev (19%) va TIV Sergey Lavrov (19%), — deb javob berishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0