Poytaxtda yangi avtoyul paydo bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishToshkent ko‘chalari
Toshkent ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahar tumanlari orasidagi masofani qisqartiradigan yangi yo‘lda ikkta avtobus bekati quriladi.

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Toshkentda yangi avtombil yo‘li qurilishi boshlandi. Bu yo‘l shaharning ikki gavjum ko‘chasini bog‘laydi, — deb xabar berdi "O‘zavtoyo‘l" matbuot xizmati

Do‘rmon yo‘li kuchasining davomini tashkil qiluvchi yangi yo‘l, Botanika bog‘i yonidan o‘tib, Bog‘ishamol va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarini bog‘laydi. Quriladigan yo‘l bo‘lagining uzunligi g‘ salkam ikki kilometr.

Yo‘l olti qatordan tashkil topgan bo‘lib, uning yonida piyodalar uchun qulay yo‘lalaklar va ko‘p xonadonli uylarga kiradigan yo‘llar quriladi. Jamoat transporti uchun ikkta bekat ham quriladi.

Yangi yo‘l shahar tumanlar orasidagi masofani ancha qisqartiradi, chunki Botanika bog‘i va Kabel zavodini aylanib o‘tish ehtimoli qolmaydi.

Yangi yo‘l qurilishiga toshkent ixtisoslashgan  avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish “O‘zavtoyo‘l” AK javobgar. Qurilish 1-avgustdan boshlandi. Yo‘l qurilishi sentabrda tugatilishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0