Mustaqillik kuni munosobati bilan prezident yoshi ulug‘ qariyalarni tabrikladi

© Sputnik / Aleksey DrujininO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mukofotga respublikaning barcha regionlaridan yoshi 100dan oshgan qariyalari sazovor bo‘ldi

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Islom Karimov Mustaqillik kuni munosobati bilan yoshi 100dan oshgan 14 kishini “Shuhrat” medali bilan mukofotladi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident, yoshi ulug‘larning yosh avlodni tarbiyalash va ko‘p yillik samarali mehnatlarini ta’kidlab o‘tdi. Taqdimlanganlar orasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hamda o‘lkaning barcha viloyatlari vakillari bor.   

Shu qatorda, bayram sharafiga, davlat xizmatchilari va ishlab chiqarish sohasi vakillari  samarali mehnat faoliyatlarii va O‘zbekiston iqtisodiy qudratini oshirishga va ijtimoiy hayotida faol qatnashganlari uchun taqdirlandilar.

Oldinroq, mustaqillikning 24-yilligi munosobati bilan ta’lim, tibbiyot, ilm va madaniyat sohalari xodimlarini xalqning o‘zligini anglashga qo‘shgan salmoqli hissalari, yorqin talant va ijodlari uchun prezident qarori asosida tabriklangandilar.

Respublikaning “Nuroniy” fondi ma’lumotiga qaraganda, hozirgi kunda O‘zbekistonda 8700 nafar yoshi 100dan o‘tgan qariyalar yashamoqda.

“Shuhrat” davlat mukofoti prezident qarori bilan 1994-yilda ta’sis qilingan. Mukofot respublika fuqarolariga iqtisod, fan, madaniyat va yoshlarni tarbiyalash sohalarida erishgan yutuqlari uchun beriladi. Ushbu sharafli medal sovrindorlari pul mukofoti va bir qator imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.

Yangiliklar lentasi
0