Rossiya bosh prokurori: ShHT narkotraffikka qarshi kurashni kuchaytirish kerak

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishOstonadagi "Oq O‘rda" prezident saroyi
Ostonadagi Oq O‘rda prezident saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ostonada ShHT davlatlari bosh prokurorlari kengashi bo‘lib o‘tmoqda.

 

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Rossiya bosh prokurori ShHT mamlakatlari giyohvand moddalarga qarshi qonunlarini uyg‘unlashtirishga chaqirdi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.

Giyohvandlik xavflarining yangi turlari paydo bo‘lishi munosobati bilan, xususan sintetik giyohvand moddalarning faol tarqatilishi bilan, ShHT mamlakatlarining 2011-2016 yillar  giyohvandlikka qarshi strategiyasiga o‘zgarishlar kiritishga to‘g‘ri keladi.    

Undan tashqari, Rossiya bosh prokurori milliy giyohvand moddalar ruyxatini tezkorlik bilan muvofiqlashtirish yo‘llarini topishga chaqirdi.

“ShHT mamlakatlari huquqni saqlash organlari region va dunyo miqyosda giyohvand moddalarga qarshi kurashuvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak. Yangi xil giyohvand moddalar va chekiladigan aralashmalarni ishlab chiqarish va tashishga qarshi shu sohada allaqachon erishilgan kelishuvlarni faol amalga oshirish kerak,” – dedi Yuriy Chayka.

Qozog‘iston bosh prokurori Asxat Daulbayev kengashda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalasini ko‘tardi. Uning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda noan’anaviy oqimlar a’zolarini jamiyatga qaytarish borasida ko‘rilayotgan choralarga qaramay ushbu xavfni kamayishning iloji bo‘lmayapti. Asosiy muammolardan biri bu fuqarolarning chet ellarda terrorchilar safida janglarda qatnashayotganini ta’kidlab o‘tdi. Mamlakat sudlari 21 tashkilotni terrorchi deb tan olib ularning faoliyatini ta’qiqlab qo‘ydi.

“Fuqarolarni chet elga chiqib terrorchilar safida jang qilishni oldini olish uchun kerakli tashkilotlar tomonidan choralar ko‘rilayapti”, — dedi Daulbayev.

 

Yangiliklar lentasi
0