Rossiya va Misr prezidentlari Moskvada uchrashishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin Misr prezidenti A.F.as-Sisi bilan uchrashdi
Rossiya prezidenti V. Putin Misr prezidenti A.F.as-Sisi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat rahbarlari xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining uchrashuvi tugadi, deb xabar berdi RIA Novosti.  

As-Sisi, Misr Rossiya bilan qurol-yarog‘, mutaxassislar tayorlash, tajriba almashish va terorrchilikka qarshi kurash borasida kelajakda ham hamkorlik qilishdan umidvorligi bildirdi. Misr va  Rossiya Yaqin Sharq muammosi bo‘yicha o‘xshash nuqtayi nazarga ega ekanliklarini ta’kidladi.

“Biz, xususan, Siriya mojarosini siyosiy yo‘l bilan Jeneva kommunikesi asosida hal qilish kerakligini tasdiqladik”, — dedi Misr rahbari.

Tomonlar Falastin muammosini, sharqiy Iyerusalimda mustaqil davlat tuzish yo‘li bilan,  tez orada hal qilish zarur ekanligini tasdiqlashdi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakatning kelajakdagi hamkorligi, xususan qo‘shma energetik loyhalar haqidagi hamkorlikka tegishli bir qator masalalarni ko‘rib chiqishdi. Misr prezidenti aytishiga qaraganda, ushub mavzular shu yilning oxirigacha Misrda bo‘lib o‘tadigan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik komissiyasinig o‘ninchi kengashida ham ko‘rib chiqiladi.

Muzokaralar yakunida Putin, Rossiya, Misr va BAA tomonidan tashkil qilinayotgan investitsiya fondi, yirik loyhalarni amalga oshirishda yordam beradi. Misr, yaqin orada, Suyes kanali hududida Rossiya ishlab chiqarish zonasi tashkil qilish bo‘yicha amaliy ishlar qilinishidan umidvorligini bildirdi.  

Undan tashqari, prezidentlar Misrga bug‘doy eksporti hajmini oshirish haqida kelishib oldilar. Shu sababdan tomonlar Misr hududida bug‘doy saqlashga tegishli bo‘lgan infraqurilma obyektlari qurish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0