Mustaqillik kuni sharafiga Nyu Yorkda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

© YoutubeNyu-Yorkda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi
Nyu-Yorkda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu York markazida milliy bayram qo‘shiq va raqs bilan kutib olindi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. AQSh moliya markazi bo‘lgan Nyu Yorkning Uoll-Strit ko‘chasida O‘zbekiston davlat madhiyasi sadolari ostida O‘zbekiston milliy bayrog‘i ko‘tarildi, deb xabar berdi “Jahon” axborot agentligi.

O‘zbekiston bayrog‘i Nyu York markazida 15 metr balandlikda 7 kun davomida hilpiraydi. Bayrog‘ ko‘tarish marosimidan keyin o‘zbek milliy ansambli ijrosida kuy va qo‘shiqlari yangradi.

Ushbu tadbir Nyu Yorkdagi O‘zbekiston elchixonasi va AQShning Amerika-Turkiston assotsiatsiyasi yordamida amalga oshirildi.

1 sentabr, seshanba kuni O‘zbekiston Mustaqillik kunini nishonladi. O‘lkada rasmiy bayram tantanalari 31 agustda Alisher Navoiy nomli milliy bog‘da respublika prezidenti Islom Karimov, hukumat vakillari, senatorlar, deputatlar, chel elchilari va boshqa mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.  

Islom Karimov O‘zbekiston xalqini tabriklab Mustaqillik kunini o‘zbek xalqining eng buyuuk, eng bebaho bayrami deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0