Saviskiy nomli muzeydan tasvirlar yo‘qolishi munosobati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Obuna bo‘lish
Muzeydan taniqli rassomlar qalamiga oid besh tasvirning haqiqiy nusxasi yo‘qolgan

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston MXX Igor Saviskiy nomli Qoraqalpog‘iston respublikasi Davlat muzeyidan besh tasvirning yo‘qolishi munosobati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi o‘zbekiston televideniyesining “Axborot” dasturi.

Telekanal xabariga ko‘ra, huquqni saqlash organlari va soha mutaxassislari muzeyda tekshirish o‘tkazishdi. San’atshunoslar ultrafiolet nuri yordamida muzey fondidan 800 tasvirni ko‘zdan kechirib chiqishdi.

Tekshirish natijasida Ganning “Dam olishda”, Kashinaning “Ovulda”, Safronovaning “Shlyapali ayol”, Turusovaning “Uzum”, Qoraxonning “Lola terayotgan ayollar” tasvirlarining soxtasi saqlanayotganligi aniqlandi.  Ularning asl nusxalari, yo‘qolgan bo‘lishi mumkin.

“Tasviriy san’at ekspertizasi xulosasiga binoan yo‘qotilgan asarlarning umumiy qiymati 581 mln 625 ming so‘mni tashkil qiladi”, — deyilgan lavhada.

Avgust oyining oxirida muzey direktori Marinika Bobonazarova o‘z vazifasidan bo‘shadi. Keyinroq, u arizasini qaytarib olganini ma’lum qildi. Bobonazarovaning suzlariga qaraganda buning sababi “muzey unga befarq bo‘lgan odamlarning ixtiyorida qolganligidir".

Yangiliklar lentasi
0