Tojikiston IIV: Dushanbe va Vaxdatdagi tajovuzlarini sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari uyushtirgan

© Sputnik / StringerVaxdat shahri ko‘chalaridan biri
Vaxdat shahri ko‘chalaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe va Vaxdatdagi tajovuzlar oqibatida o‘ndan ortiq odam qurbon bo‘ldi va bir necha kishi yaralandi.

 

Toshkent, 4 sen — Sputnik. Tojjikiston IIV xabariga ko‘ra: Juma kuni erta tongda Dushanbedagi  Ichki Ishlar Markaziy apparati va poytaxtdan 15 km janubi-sharqda joylangan Vaxdat shahri IIBga qurolli hujum uyushtirilgan.

Tezkor-qidiruv choralari natijasida ushbu terrorchilik hujumlari sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi guruh tomonidan uyushtirilganligi aniqlangan.

Nazarzoda Abduhalim Mirzo (Hoji Halim) – 1992-1997 yillarda fuqaro urushi davrida “dala komandiri”  va Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi a’zosi.  

“Nazarzoda Abuhalim Mirzo, ushbu terrochilik hujumini shaxsan o‘zi tashkil qilgan va boshidan oxirigacha unda qatnashgan”, — deyilgan IIV xabarida.  

Nazarzodaning uyi va unga tegishli bo‘lgan nonvoyxonadan qurol-aslaha topilgan. Undan tashqari Nazarzodani ta’qib qilish vaqtida Marg‘ob va Raxmurud aholi punktlaridan katta harbiy kiyim bosh qurol-yarog‘ ombolari topilgan.

“Nazarzoda xizmat vazifasidan foydalangan holda, IIV xodimlarini yanglishtirib, terrochilik hujumlari uyushtirgan”, deyilgan IIV xabarida.  

Maxsus operatsiya vaqtida, terrorchilik guruhiga mansub, olti kishi qo‘lga olingan (Sarabek Murodov, Ilxomiddin Ibronov,Sobir Safarov, Xurshed Xolikov, Xayot Saloyev, Fozil Ayubov) va to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.

IIV xabariga ko‘ra, Nazarzoda va terrorchilik guruhining 135 a’zosi — Tojikiston Mudofaa vazirligi desantchilar bataloni askarlari – Dushanbedan 45km sharqda joylashgan Romit tog‘ darasida yashirinishga muvafaq bo‘lishdi. 

 

Yangiliklar lentasi
0